Biz mamlakatdagi eng yaxshi ish beruvchimiz

25 noyabr 2022

Korzinka DaVinci 2022 mukofoti taqdirlash marosimida "Talabalar tanlovi" va "Mahalliy kompaniyalar orasida mamlakatning eng yaxshi ish beruvchisi" nominatsiyalarida birdaniga ikkita mukofotni qo'lga kiritdi.

“Eng yaxshi ish beruvchi” inson kapitalini boshqarish sohasidagi ilk mahalliy mukofotlardan biri bo‘lib, DaVinci konsalting agentligi tomonidan beriladi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha mukofot eng yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, ish beruvchi brendini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlaganliklari uchun kompaniyalarga beriladi. Mukofotda har yili mamlakatning eng kuchli kompaniyalari ishtirok etadi.

Qizig'i shundaki, Korzinka mahalliy kompaniyalar orasida "Eng yaxshi ish beruvchi" nominatsiyasida mutlaq rekordga ega. 

Ish beruvchi sifatida bizga bildirilgan ishonch uchun barchadan minnatdormiz va jamoamizni g'alabalar bilan tabriklaymiz!

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023