Bizning faxrimiz

14 noyabr 2022

Oilamizda O‘zbekistonning asosiy jamoasida o‘ynaydigan professional futbolchi bor. Bu O'zbekiston amputantlar futbol terma jamoasi futbolchisi Nizom Mamasaliev. Nizom yoshligidan futbolga ishtiyoqi baland va jismoniy xususiyatlariga qaramay #teamkorzinka ishtirokidagi ko'plab sport tadbirlarida faol ishtirok etadi. U, shuningdek, Zomin do‘koni supervayzeri va hozirda SuperStart menejerrlarni tayyorlash o‘quv dasturini tamomlamoqda. Uning uchun esa professional sport va ish bir-biriga xalaqit bermaydi.

Yaqinda Istanbulda Nizom ishtirokidagi terma jamoamiz Gaiti terma jamoasini mag'lub etib, jahon chempionatida uchinchi o'rinni egalladi! Nizom nafaqat sportda, balki mehnatda ham ajoyib jamoaviy o'yin va doimiy yuqori natijalarni ko'rsatmoqda. U barchamiz uchun matonat va jasoratning buyuk namunasi, u bizning faxrimiz!

Футбол (2).png

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023