25 yilligimizni nishonlandik

11 yanvar 2022
Bunaqasi 25 yilda bir marta sodir bo'ladi! Bu bo'lib o'tgan bayram haqida gapirmagan odamni o’zi qolmadi. Barcha ijtimoiy tarmoqlarda yorqin yonib turgan Humo Arena va unda bo'lib o’tayotgan bayram haqidagi postlar joylashtirildi, tarmoq xodimlarini tabrikladilar, Korzinka bilan qanday tanishganlari haqidagi hikoyalari bilan o'rtoqlashdilar. Keng ko'lamli va samimiy bayram bo'ldi! Biz hamma narsani yuqori saviyada tashkil qilishga harakat qilgan tashkilotchilar jamoasiga va albatta bu kunni unutilmas bayramga aylantirgan katta oilamizni a’zolariga minnatdorchilik bildiramiz. Umid qilamizki, har bir tomoshabin qalbida ushbu kun eng yaxshi tuyg'ular va yoqimli xotiralar bilan muhirlandi.

Bilasizmi, Korzinkaning har bir xodimi o'z tarixi va o'ziga xos qobiliyatga ega ajoyib insondir. Har birimiz umumiy ish uchun kichik, ammo muhim hissa qo'shamiz. Har bir insonning qobiliyati, mehnati va fidoyiligi tufayli biz o‘ziga xos madaniyat, ajoyib jamoa, “Korzinka” nomli fidoyi insonlarning haqiqiy oilasini yaratdik.

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023