Korzinka ambassadorlari uchrashuvi

19 sentyabr 2022
18 sentyabr kuni biz Korzinka ambassadorlari uchun xodimlar uchun yangi korporativ portal - Keephub ochilishiga bag'ishlangan navbatdagi uchrashuvni o'tkazdik. Bosh ofisga tarmoqning barcha do‘konlari, shu jumladan, viloyatlar vakillari ham tashrif buyurishdi. Ular uchun boy dastur tashkil etdik: bir nechta tematik treninglar o'tkazib, markali esdalik sovg'alarini topshirdik va eng faollarni estalik sovg'alari bilan taqdirladik.
Ichki kommunikatsiyalar bo‘yicha menejer Maqsud Ermetov yangi intranetning afzalliklari va imkoniyatlari haqida gapirib berdi, ilhomlantiruvchi kontent yaratish va kontentni tahrirlash vositalari bilan ishlash bo‘yicha master-klass o‘tkazdi. Bu jarayonda biz portalimizni yanada takomillashtirish, xodimlar bilan norasmiy muloqotni yanada qulayroq qilish va umumiy hamkorlikni kuchaytirishni ham muhokama qildik.

Foydali trening va sessiyalardan so’ng qolgan vaqtni maroqli o’tkazishga yo’l oldik, ikki qavatli avtobusda sayr qilib, poytaxtimizning ko‘plab diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildik. Korzinka brendining ambassadorlari eng faol xodimlardir. Ishtirokchilarning barchasi ko’ngillilar bo’lib ularning barchasi Korzinka korporativ hayotini yoritishda, ichki kommunikatsiyalarni va qo’shimcha loyihalarning faol ishtirokchilari. Ular bizning faxrimiz!


Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023