Qanday qilib ochiq vakansiyalar haqida bilish va oʻz rezyumesini yuborish mumkin?

“Anglesey Food” SHK boʻlimlari vakansiyalarining roʻyxati bu portalda paydo boʻlishi bilan doimo yangilanib boriladi, va u yerda vakansiya yopilmaguncha saqlanadi. Siz har bir betning yuqori qismidagi vakansiyalarni izlash asbobidan asosiy soʻz yoki joylashuvi boʻyicha izlash uchun foydalanishingiz mumkin. “ASOSIY SOʻZLAR BOʻYICHA VAKANSIYALARNI IZLASH” maydonida asosiy soʻzlarni kiriting. Shunday qilib, siz oʻz qiziqishingizga qarab izlashni tartibga solishingiz mumkin.

Agar sizni biror-bir vakansiya qiziqtirgan boʻlsa, vakansiya taʼrifining oxirida Javob berish tugmasini bosing va nomzodning anketasini toʻldiring

Mening ish tajribam yoʻq, kompaniyangizga ishga joylashishdan umid qilishim mumkinmi?

Albatta. Biz turli darajadagi nomzodlarni koʻrib chiqamiz. Biz har xil darajali nomzodlarni koʻrib chiqamiz: yosh mutaxassislar boshlangʻich lavozimlarga kirish uchun harakat qilishi mumkin, keyinchalik kompaniya ichida oʻsish va rivojlanish imkoniga ega boʻladi.

Birinchi suhbatga oʻzingiz bilan qanday hujjatlarni olib borishingiz kerak?

- pasportning asli;

- mehnat daftarchasining asli, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslardan tashqari;

- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun mos holda harbiy bilet yoki chaqiriluvchi guvohnomasi;

- oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy oʻquv yurtini bitirganligi haqidagi diplomning asli.

Suhbat qanday oʻtadi?

Suhbat jarayoni – ish beruvchi uchun nomzodning salohiyatini baholash, nomzod uchun esa – xodimlarimizni va kompaniyamizni bilib olishi uchun aʼlo imkoniyatdir. Nomzodlar xodimlarni tanlash boʻyicha mutaxassis bilan uchrashadi. Bir qator malakali vakansiyalar boʻyicha liniyadagi menejerlar bilan qoʻshimcha suhbatlar koʻzda tutiladi.
Sizga maʼlumotingiz va ish tajribangiz haqida savollar beriladi. Siz esa bizga oʻzingizni qiziqtiruvchi savollarni berishingiz mumkin. Siz kompaniyamizga nima taklif qila olishingizni yaxshi tushunishingiz, va avvalgi yutuqlaringiz haqida gapirib berishga tayyor boʻlishingiz kerak

Kompaniyada qanday taʼlim olish imkoniyatlari bor?

Xodimlarni rivojlantirish kompaniyamizda ustuvor jihatlardan biri. Kompaniyaning barcha xodimlari yillik trening-reja boʻyicha korporativ oʻquv markazida taʼlim oladi va muntazam malaka oshiradi. Bu jarayonning asosiy vazifalari kasbiy malaka va uquvlilikni takomilashtirish, kompaniya muvaffaqiyatini taʼminlay oladigan jamoani tarbiyalashdir.

Kompaniyada lavozimda koʻtarilishning qanday imkoniyatlari bor?

Biznesimizning oʻta tez oʻsishini hisobga olib, xodimlarimiz lavozimda koʻtarilishning aʼlo istiqbollariga ega. Biz barcha imkoniyatlarni beramiz – xodimlarimiz yanada koʻtarilishi maqsadida ularning kasbiy va yetakchilik fazilatlari rivojlanishini ragʻbatlantiruvchi taʼlim, asboblar va dasturlar. Ochiq vakansiyalar uchun biz birinchi navbatda ichki kadrlar zaxirasini koʻrib chiqamiz.

Kompaniyada sinov muddati bormi?

Bor. OʻzR Mehnat Kodeksiga muvofiq, biz 3 oylik sinov muddatidan oʻtish sharti bilan xodimlarni ishga qabul qilamiz.

Kompaniyada moslashish va ustozlik dasturlari koʻzda tutilganmi?

Kompaniyada moslashish va ustozlik dasturiga katta eʼtibor beriladi, uning davomida biriktirilgan ustoz yangi xodimning lavozimga va yangi jamoaga kirish jarayonini tezlashtirish uchun oʻz yordamini ayamaydi.

Kompaniyada qanday taʼlim olish imkoniyatlari bor?

Xodimlarni rivojlantirish kompaniyamizda ustuvor jihatlardan biri. Kompaniyaning barcha xodimlari yillik trening-reja boʻyicha korporativ oʻquv markazida taʼlim oladi va muntazam malaka oshiradi. Bu jarayonning asosiy vazifalari kasbiy malaka va uquvlilikni takomilashtirish, kompaniya muvaffaqiyatini taʼminlay oladigan jamoani tarbiyalashdir.

korzinka.uz va REDTAG da ishlash rejimi qanday?

Doʻkonlar uchun: almashish asosida ishlash jadvali, olti kunlik ish haftasi.
Ofis uchun: besh kunlik ish haftasi, 9:00 dan 18:00 gacha.

Kompaniyada yagona kiyim rusumi bormi?

Kompaniyada gigiyena talablariga javob beradigan yagona kiyim rusumi bor, uni xodimlarning maʼlum toifalari oʻz ishining xususiyatlari sababli kiyib yurishi shart (sotuvchi-maslahatchilar, kassirlar va hokazo). Ofis xodimlari ishbilarmonlik kiyim uslubiga rioya qiladi.

Kompaniyada talabalar uchun stajirovka dasturi bormi?

Ha, kompaniyada stajirovka dasturi bor, unda 3-4 kurs talabalari ishtirok etishi mumkin. Dasturga tanlab olish biznes ehtiyojlariga qarab, koʻpincha yozda amalga oshiriladi. Stajirovkaga olish haqida axborot ushbu veb-saytda joylashtiriladi.

Men saytingizda anketani toʻldirdim. Keyingi qadam qanday boʻladi?

1. Nomzodning anketasini koʻrib chiqish

Siz anketani toʻliq toʻldirib, uni bizga koʻrib chiqish uchun yuborganingizdan keyin, biz sizga (siz mobil telefon raqamini yoki e-mail ni koʻrsatganingizga qarab) anketangizni olganimizni tasdiqlaydigan elektron xatni va/yoki avtomatik SMS-xabarni yuboramiz.

Anketangiz 10 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi. Bizning xodimlarni tanlash boʻyicha mutaxassislarimiz ochiq vakansiyalar uchun nomzodlarning arizalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun imkoni boricha harakat qiladi. Agar Siz koʻrsatilgan muddat ichida bizdan xabarnomani olmasangiz, Siz saytda koʻrsatilgan telefonlar orqali biz bilan bogʻlanishingiz mumkin.

Maʼlum lavozimlarga arizalar juda koʻp boʻlgani uchun, xodimlarni tanlash boʻyicha mutaxassislarimizga baʼzan jarayonni yakunlash uchun bir necha hafta talab etiladi. Biz anketangizni koʻrib chiqish davomida sabr-qanoatingiz uchun minnatdor boʻlamiz.

2. Suhbat

a) Agar anketangiz qoʻyiladigan asosiy talablarga mos keladigan boʻlsa, sizga suhbatdan oʻtish belgilanadi. REDTAG da boshlangʻich darajali vakansiyalar boʻyicha yana testdan oʻtish ham koʻzda tutilgan. Siz bilan xodimlarni tanlash boʻyicha mutaxassis bogʻlanadi, u sizga jarayon davomidagi keyingi harakatlar haqida gapirib beradi.

b) Agar suhbatdan keyin sizni ishlash yuzasidanr taklif beriladigan yakuniy nomzod sifatida tanlashmasa, sizga bu haqda elektron pochta yoki telefon orqali bildirishadi. Keyinchalik siz bilan profilingizga yoki qiziqishlaringizga mos keladigan boshqa vakansiyalar yuzasidan bogʻlanishimiz mumkin.

Suhbat qanday oʻtadi?

Suhbat jarayoni – ish beruvchi uchun nomzodning salohiyatini baholash, nomzod uchun esa – xodimlarimizni va kompaniyamizni bilib olishi uchun aʼlo imkoniyatdir. Nomzodlar xodimlarni tanlash boʻyicha mutaxassis bilan uchrashadi. Bir qator malakali vakansiyalar boʻyicha liniyadagi menejerlar bilan qoʻshimcha suhbatlar koʻzda tutiladi.
sizga maʼlumotingiz va ish tajribangiz haqida savollar beriladi. Siz esa bizga oʻzingizni qiziqtiruvchi savollarni berishingiz mumkin. Siz kompaniyamizga nima taklif qila olishingizni yaxshi tushunishingiz, va avvalgi yutuqlaringiz haqida gapirib berishga tayyor boʻlishingiz kerak.

Birinchi suhbatga oʻzingiz bilan qanday hujjatlarni olib borishingiz kerak?

- pasportning asli;

- mehnat daftarchasining asli, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslardan tashqari;

- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun mos holda harbiy bilet yoki chaqiriluvchi guvohnomasi;

- oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy oʻquv yurtini bitirganligi haqidagi diplomning asli.

Agar meni bitta vakansiya boʻyicha tanlashmasa, men boshqasiga javob berishim mumkinmi?

Ha, yangi vakansiyalar doimiy tarzda joylashtiriladi. Boshqa vakansiyaga javob berishdan avval, Sizdan talablar va majburiyatlar bilan diqqat berib tanishishingizni soʻraymiz.

Men onlayn anketani toʻldirdim va “Yuborish” tugmasini bosdim, lekin sizdan hech qanday javob olmadim. Nima qilishim kerak?

Agar Siz anketangizni biz olganimizni tasdiqlaydigan SMS/elektron xatni olmagan boʻlsangiz, saytda koʻrsatilgan telefonlar orqali biz bilan bogʻlaning.

Anketani toʻldirish davomida men “Keyin” tugmasini bosaman, lekin tizim keyingi betga oʻtmay turaveradi. Nima uchun?

Aftidan, Siz yulduzcha (*) bilan belgilangan va toʻldirilishi shart boʻlgan katakni toʻldirmagansiz. Faqat barcha toʻldirilishi majburiy boʻlgan kataklarni toʻldirgandan keyingina siz anketaning keyingi betiga oʻtishingiz mumkin.

Men vakansiya boʻyicha yuborgan arizamni qaytarib oldim. Agar biror-bir sabablarga koʻra qarorim oʻzgargan boʻlsa, arizani takroran berishim mumkinmi?

Agar vakansiya hali ochiq boʻlsa, bera olasiz.

Avval yuborilgan anketaga tuzatish kiritish mumkinmi?

Siz oʻzingiz toʻldirgan va yuborgan anketaga hech qanday oʻzgartirish kirita olmaysiz. Shuning uchun yuborish tugmasini bosishdan avval oʻzingiz kiritgan maʼlumotni diqqat bilan tekshiring. Agar anketangiz yuzasidan muhim maʼlumotni bizga yetkazmoqchi boʻlsangiz, biz bilan telefon orqali bogʻlaning.

Men oʻz javobimning maqomini qanday tekshirishim mumkin?

Siz onlayn tizimida nomzod maqomingizni tekshira olmaysiz. Lekin siz taklif etilgan vakansiyaning umumiy maqomini tekshirib, uning ochiq-ochiq emasligini bilishingiz mumkin.

Men vakansiyaga oʻz javobimni qanday yoʻq qilishim mumkin?

Siz oʻzingiz toʻldirgan anketani bizga koʻrib chiqishiga yuborganingizdan keyin qaytara olmaysiz yoki yoʻq qila olmaysiz.

Agar men kompyuterdan ketishimga toʻgʻri kelsa, anketani toʻldirish jarayonini toʻxtatib, keyin unga qaytishim mumkinmi?

Yoʻq, shuning uchun anketani toʻldirishni boshlashdan avval uni toʻldirish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni jamlab oling.

Men anketaga qoʻshimcha biror-bir hujjatni, masalan, rezyumeni yuborishim mumkinmi?

Nomzod anketasini toʻldirish davomida Sizga standart formatdagi rezyume hamda fotosuratlaringizni yuklash taklif etiladi. Lekin rezyumeni taqdim etish shart emas.

Rezyume fayllarining qabul qilinadigan formatlari: Microsoft® Word (doc va docx); Plain Text (txt); Rich Text Format (rtf); Hypertext Markup Language (htm yoki html); Portable Document Format (pdf).

Ish izlayotgan paytimda men oʻz doʻstimga /qarindoshimga mos keladigan vakansiyani koʻrdim. Men unga bu vakansiya haqida maʼlumotni yubora olamanmi?

Biz umid qilamizki, bu jarayonni siz uchun osonroq qilamiz: vakansiyaning taʼrifini koʻrib chiqqanda, “Boʻlishish” sarlavhasi ostida koʻrsatilgan, siz roʻyxatga olingan istalgan ijtimoiy tarmoqqa havolani bosing - Facebook, Google Plus, VKontakte, Twitter. Eslatma. Doʻstingiz (yoki tavsiya etilgan shaxs) biz uning nomzodini koʻrib chiqishimiz uchun, saytimizga kirishi va vakansiya boʻyicha anketani toʻldirishi kerak.

Biz haqimizda gapirib berganingiz uchun minnatdormiz!

Qanday qilib ochiq vakansiyalar haqida bilish va oʻz rezyumesini yuborish mumkin?

“Anglesey Food” SHK boʻlimlarining vakansiyalari roʻyxati, ular paydo boʻlgan sari ushbu veb-saytda doimo yangilanib turadi, va vakansiya toʻldirilmaguncha shu yerda turadi. Siz har bir betning yuqori qismidagi vakansiyalarni izlash asbobidan asosiy soʻz yoki joylashuvi boʻyicha izlash uchun foydalanishingiz mumkin. “ASOSIY SOʻZLAR BOʻYICHA VAKANSIYALARNI IZLASH” maydonida asosiy soʻzlarni kiriting. Shunday qilib, siz oʻz qiziqishingizga qarab izlashni tartibga solishingiz mumkin.

Agar sizni biror-bir vakansiya qiziqtirgan boʻlsa, vakansiya taʼrifining oxirida Javob berish tugmasini bosing va nomzodning anketasini toʻldiring.

Agar men oʻzimni qiziqtirgan vakansiyani topa olmagan boʻlsam, lekin baribir kompaniyangizda ishlamoqchi boʻlsam, nima qilishim kerak?

Agar siz oʻzingizni qiziqtirgan vakansiyani topa olmagan boʻlsangiz, siz bu yerda bizga rezyume yuborishingiz mumkin. Biz uni albatta koʻrib chiqamiz va rezervga joylashtiramiz.

Mening ish tajribam yoʻq, kompaniyangizga ishga joylashishdan umid qilishim mumkinmi?

Albatta. Biz turli darajadagi nomzodlarni koʻrib chiqamiz. Biz har xil darajali nomzodlarni koʻrib chiqamiz: yosh mutaxassislar boshlangʻich lavozimlarga kirish uchun harakat qilishi mumkin, keyinchalik kompaniya ichida oʻsish va rivojlanish imkoniga ega boʻladi.

Men shaxsiy maʼlumotim himoyalanganligiga va maxfiy boʻlishiga ishona olamanmi?

Biz bu maʼlumotning muhimligini anglab yetamiz, shuning uchun siz xavotir olishingiz kerak emas: u bilan OʻzR ning jismoniy shaxslar shaxsiy maʼlumotini himoyalashga oid qonunchiligiga muvofiq ishlashadi.

Nima uchun men vakansiyaga javob berganimdan keyin mendan qoʻshimcha maʼlumot berishni soʻrashdi? Men nomzodning anketasini toʻldirdim-ku.

Sizning nomzod profilingizda bizga siz va sizning qiziqishlaringiz haqida umumiy maʼlumot boʻladi. Aniq bir vakansiyaga javobingizni koʻrib chiqishda bizga qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻladi, u bizga sizning malakangiz ushbu vakansiyaga qoʻladigan talablarga muvofiqligini baholashga yordam beradi.