CityTaxi – Toshkentda eng ommaviy xizmatlardan biri boʻlgan taksi xizmati boʻlib, yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaga 2013 yilda asos solingan boʻlib, u 100 Lacetti rusumli 100 ta avtomobilga ega.

Bizning missiyamiz – mijozlarimizni yuqori sifatli yoʻlovchilarni tashish xizmatlari bilan taʼminlash orqali ularning hayoti sifatini yaxshilashdir.

CityTaxi kompaniyasida ishlash oʻta koʻp afzalliklarga ega: ishlashning qulay jadvali, belgilangan mablagʻ rejasi boʻlmasligi, ish haqini barqaror toʻlash, har oyda bonus olish imkoniyati va hokazo.

CityTaxi quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:

● Yoʻlovchilarni avvaldan va shoshilinch buyurtmalar boʻyicha tashish, shu jumladan viloyatlarga.
● Aeroportda/vokzalda jadvalcha bilan kutib olish.
● Mijozning avtomobilini joyiga olib borish

 

Xizmatlarimizning afzalliklari:

Xavfsizlik va qulaylik

Mijozlarga har tomonlama qulay Lacetti avtomobillari xizmat qiladi, ular GPS texnologiyalar asosida ishladigan zamonaviy taksometrlar, charmdan yasalgan salonlar, bosh tagliklaridagi monitorlar va konditsionerlar bilan jihozlangan.

Biz mashinalarning texnik holatini sutkasiga 2 marta sinchiklab tekshiramiz, shunday qilib, buyurtmaga boradigan har bir avtomobil 100% texnik soz boʻladi.

Tejash

Tarif mijozlar uchun foydali shartlarga asoslangan. Mashinani chaqirish va yetkazib berish – bepul. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob mijoz uchun qulay shaklda amalga oshirilishi mumkin – naqd pul bilan, pul oʻtkazish yoʻli bilan, plastik karta orqali.

Halollik va ochiq-oydinlik

Biz buyurtmalarni qabul qilish va taksi yetkazilishining avtomatlashtirilgan texnologiyasini qoʻllaymiz, u jarayonni aʼlo sozlashga hamda yoʻldagi vaqtni bir soniyasigacha, oʻtilgan yoʻlni bir metrgacha hisobga olish imkonini beradi. Mijoz birinchi talab qilishi bilan uning safarlari boʻyicha batafsil toʻliq maʼlumotlarni olishi mumkin.

Toza mashina

Biz mashinalarni sutkasiga 2 marta tozalaymiz. Begona hidlar boʻlishini istisno etish maqsadida, avtomobillarimizning salonida chekish haydovchilarga ham, mijozlarga ham qatʼiy taqiqlanadi.

 

CityTaxi ga qoʻshilib, Siz kasb ustalarining inoq jamoasining bir qismi boʻlasiz, ular yagona maqsadi - shaharda eng talabgor boʻlgan xizmatga aylanishi, va taksi xizmatlari ichida birinchi xalq kompaniyasi nomiga ega boʻlishining roʻyobga oshishi uchun ishlaydi.

Eng yaxshi jamoa ishchilarining safiga qoʻshiling!
CityTaxi. Mening shahrim, mening taksi xizmatim.

CityTaxi da ishlash – bu:
  • Tajribali mutaxassislar bilan birga ishlash
  • Belgilangan kunlik mablagʻ rejasi yoʻqligi
  • Barqaror ish haqi, oylik bonuslar
  • Biz taʼmirlash ishlari va yonilgʻi uchun sarf-harajatlarni qoplaymiz
  • 9 soatlik qulay ish jadvali va oʻzingizga mos smenani tanlash huquqi
  • Xalqaro standartlar boʻyicha taʼlim berish
  • Rasmiy ishga joylashtirish
Boʻlishish:
Vakansiyalarni koʻrish