korzinka.uz - bu tez rivojlanib kelayotgan supermarketlar tarmogʻidir.
Anglesey Food kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdoning “supermarket” shaklida faoliyat yuritishni boshlagan ilk tarmoqlardan biri sanaladi. Avvaliga kompaniya Anglesey Food brendi ostida “uy oldidagi doʻkonlar” formatida ish olib borgan. 2001-yilda olib borilgan rebrending siyosatini tarmoqning korzinka.uz brendi nomi ostida rivojlanishining ilk bosqichi sifatida tarixga kiritish mumkin.
Har kuni oʻn minglab xaridorlarga xizmat koʻrsatadigan korzinka.uz tarmogʻi xalq rusumiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Biz uchun isteʼmolchilarimizning ishonchi va sodiqligi– katta shon-sharaf va buyuk yutugʻimiz boʻlib, 20 yil davomida biz oʻz vazifamizga – tarmoq mijozlarini yuqori sifatli tovalar va xizmatlar bilan taʼminlab, ularning hayoti sifatini yaxshilashga uzluksiz izchil amal qilib kelayotganimizning mevasidir.
Biz oʻz afzalliklarimiz tufayli muvaffaqiyatlarga erishishda davom etamiz – bular servis xizmat koʻrsatishning yuksak standartlari hamda isteʼmolchilarimiz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaning nostandart usullari, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarining keng koʻlamli assortimenti, foyda beruvchi manfaatli narx siyosati va kishilarni jalb qiluvchi marketing dasturlari, hamda tarmogʻimizning faol hududiy rivojlanishidir.