REDTAG - modali kiyimlar va uy uchun, butun oila uchun tovarlar doʻkonlarining tarmogʻi.

REDTAG brendi chakana savdo sohasida 25-yillik boy tajribaga ega boʻlgan xalqaro BMA International Group xolding kompaniyasining bir qismidir. Bosh ofisi Birlashgan Arab Amirliklarida (Dubay) joylashgan.

REDTAG brendi 10 yillik tarixga ega. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari - BAA, Qatar, Bahrayn, Misr yoki Tunisda sayohat qilib, Siz albatta savdo markazlarida REDTAG doʻkonini uchratasiz – bugungi kunda bu “value for money” - “kerakli sifat evaziga oqilona narx” sohasida kiyim va uy uchun tovarlarning eng ommaviy doʻkonlaridan biridir. Bugun REDTAG tarmogʻi ichida 12 ta jahon davlatlarida 200 tadan ortiq doʻkonlar bor, u yerda har yili 12 million xaridorlar tovarlarni sotib oladi.

REDTAG Oʻzbekistonga

REDTAG Oʻzbekistonga 2013 yilda, birinchi REDTAG Karatash doʻkoni ochilishi bilan kirib keldi. “Anglesey Food” SHK REDTAG Oʻzbekiston brendi franshizasining rasmiy egasi, hamda brendning Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida rivojlanishida strategik hamkor hisoblanadi.

REDTAG doʻkonlarida xarid qilish koʻp afzalliklarga ega – bu doimo modali boʻlgan, moda trendlarini aks ettiradigan oxirgi kiyim uslubi, turli-tuman va muntazam yangilanib turadigan assortiment, sifatli tovarlar va oqilona narxlar, xaridorlar uchun qiziqarli aksiyalar va albatta yoqimli tuygʻulardir, chunki biz har bir mijozni qadrlaymiz va unga aʼlo xizmat koʻrsatishga intilamiz.

Biz xaridorlarning ishonchini qozonamiz va koʻngillariga kirib boramiz, shu sababli REDTAG tarmogʻi tez oʻsadi. Bugun tarmoq Toshkent, Olmaliq, Samarqand, Qoʻqon shaharlarida 9 ta doʻkonni oʻz ichiga oladi, biz erishgan yutugʻimizga qanoat qilib toʻxtamaymiz! Biz Oʻzbekiston hududida tarmoqni kengaytirishning ulkan vazifalarini oʻz oldimizga qoʻyamiz.

 

 

Nima uchun Siz REDTAG da ishlashni sinab koʻrishingiz kerak?

Bizda aniq maqsadlarimiz va strategiyamiz bor. Siz fikrdoshlarning jamoasida real biznes-vazifalarni hal etasiz, har kuni tajribangizni oshirasiz va salohiyatingizni ochasiz.

Biz barcha darajalarda xodimlarning kasbiy mahoratiga katta eʼtibor beramiz. Bizning taʼlim dasturlarimiz REDTAG Bosh ofisining materiallari asosida ishlab chiqilgan, Oʻzbekistonda betakrordir. Biz oʻquv sinflarida anʼanaviy oʻqitish usullarini ustoz bilan ishlash va ish joyida amaliy, “tirik” vorkshoplar bilan birga oʻtkazamiz. Biz xodimlarimizni oʻz kasbida hozir va kelajakda eng yaxshi boʻlishga ilhomlantirmoqchimiz!

Biz REDTAG da quyidagi Qadriyatlarga tayanamiz, biz uchun bular oddiygina soʻz emas, balki bir-birimiz bilan va hamkorlarimiz bilan kundalik muloqot va ishlash tamoyillaridir:

REDTAG da ishlash – bu:
  • Xalqaro brend
  • Moda sanoatidagi qiziqarli ish faoliyati
  • Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish
  • Tez suratda oʻsuvchi biznes
  • Yuqori martabaga erishish imkoniyatlari
  • Yosh faol jamoa
  • Ijtimoiy paket

Madaniyatimiz, qadriyatlarimiz:

R – Responsibility - masʼuliyat

E – Enthusiasm - ishtiyoq

D – Determination - qatʼiylik

T – Team - jamoa ruhi

A – Appreciation - minnatdorlik

G – Growth - rivojlanish

REDTAG Oʻzbekistonda biz oʻzaro yordam va ijobiy harakatlar muhiti bilan faxrlanamiz, shu tufayli biz ishga xursand boʻlib kelamiz va yangi muvaffaqiyatlarga erishamiz. Tarmoqning har bir doʻkonida har oyda “Oyning eng yaxshi xodimini” tanlash xodimlarga aʼlo ish natijalari uchun minnatdorlik madaniyatimizni oshkora aks ettiradi, bu yerda asosiy “sovrin”- kompaniya top-menejerlari bilan biznes-lanchga taklif etish hisoblanadi.

Agar siz modani sevsangiz, qadriyatlarimizga xayrixoh boʻlsangiz va aʼlo xizmat koʻrsatishga ishonsangiz, biznesni biz bilan birga oʻsib-rivojlantirishni istasangiz - siz toʻgʻri yoʻldasiz! Biz REDTAG Oʻzbekistonda juda koʻp lavozim imkoniyatlarini taklif etamiz.

REDTAG – ENG YAXSHILARNING JAMOASIGA XUSH KЕLIBSIZ!

Boʻlishish:
Vakansiyalarni koʻrish