"Anglesey Food" MChJ XK kompaniyasi 1996 yilda tuzilgan va 20 yildan ortiq vaqt ichida bir nechta formatlarda ishlaydigan eng yirik ulgurji va chakana savdo tarmog'iga aylandi:
|
ISTIQBOL: Yetakchi, ishonchli hamkor, O‘zbekistondagi ulgurji savdo sohasidagi novator hamda peshqadam. Biz mijozlarimizni, hamkor va xodimlarimizni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq his etamiz. Qulay manzillar, zamonaviy texnologiyalar, sifatli tovar, xizmat va do‘stona muhitni aynan bizdan topasiz. BIZNING MISSIYAMIZ: Biz asl milliy an'analarimizga sodiq qolgan holda zamonaviy ulgurji savdo madaniyatini eltamiz BIZNING KOMPANIYAMIZ QUYIDAGILARGA INTILADI:
|
-
25
maxalliy bozordagi faoliyat yillari
-
5000
xodimlarning soni
-
26
Xodimlarning o'rtacha yoshi
-
34% / 66%
ayollar va erkaklar nisbati
-
3000
oʻquv markazida har yilida malaka oshiradigan xodimlar
Bizning biznesimiz tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda, ammo bir narsa oʻzgarmay qolishi muhim: bu bizning qadriyatlarimizdir. Ushbu qadriyatlar bizning sanoatda yetakchi bo'lishimizga yordam berdi. Qadriyatlarimizga sodiq qolish bizni yanada ta`sirchan muvaffaqiyat madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.
- BARCHASI MIJOZLAR UCHUN Mijozni chuqur anglash va uning ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish – doimo ustuvor vazifamiz hisoblanadi. |
- OCHIQLIK VA OʻZARO HURMAT Biz mijozlarimiz, hamkorlarimiz va xodimlarimizga nisbatan ochiq, halol va hurmat bilan ish yuritamiz. |
- DAHLDORLIK TUYG`USI Biz xodimlarimizdan kompaniya manfaatlarida qarorlar qabul qilishda masʼuliyat, tashabbuskorlik, dahldorlik hissi va mustaqillikni kutib qolamiz. |
- INNOVATSIONLIK Biz yangi texnologiyalarni joriy etgan, biznes jarayonlarini takomillashtirgan va kompaniya resurslaridan oqilona foydalangan holda doim rivojlanib, oʻz ustimizda ishlab boramiz. |
- HAR TOMONLAMA ILG`ORLIK Biz uzluksiz ravishda takomillashib borishga hamda mijozlarimiz, hamkorlarimiz va aksiyadorlarimiz ishonchini oqlagan holda faoliyat yuritishga intilamiz. |
|