Futbol maydonlaridan yangiliklar
22.09.2019
guruh bosqichining birinchi oʻyinida #korzinka komandamiz Ermak komandasi ustidan 9:2 hisobida ishonchli gʻalaba qozondi

Yaxshi boshlanish! ⚽️

29.09.2019 qiyin kurashda biz Makro komandasini 3:2 hisobi blan yengdik.

06.10.2019 futbol bu oʻyin va oʻyinda magʻlubiyatlar ham uchrab turadi. Biz Sunlight group komandasini yenga olmadik, hisob 1:3. Ammo bizning avvalgi gʻalabalarda toʻplagan ochkolarimiz bizga pley-offga chiqishni taʼminladi.

26.10.2019 Profit Store komandasidan magʻlubiyat, hisob 5:2.

Afsuski, biz Korporatsiyalar Kubogida 1/4 finaldan nariga oʻta olmadik. Lekin bizning bolalarimiz juda zoʻr oʻyin koʻrsatishdi va komanda muxlislariga bir olam  ijobiy his-tuygʻular bahshida etishdi.

Lekin biz chempionatdan har holda nimalargadir ega boʻldik, bizning Aeroport korzinka.uz dan hamkasbimiz Jonaliyev Jamshid ovoz berish natijalariga koʻra “Tomoshabinlar yoqimtoyi sovrini“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Bular oddiygina bolalar, siz ulardan koʻpini bizning supermarketlarimizda uchratishingiz mumkin, oʻzlari va qolaversa barcha xodimlar uchun haqiqiy timbilding qildilar!

Futbol jipslashtiradi!