“Ish – hayotdan zavqlanishning eng yaxshi usuli”

Toʻqqiz yil ilgari, men yigirma yoshli yigitcha, Yakkasaroy tumanida “Kosmonavtlar” metro stansiyasi yaqinida joylashgan Anglesey food kompaniyasiga supermarketga ishga qabul qilindim. Men ishimni (gʻaznachi) kassir lavozimidan boshladim va mening birinchi ish kunim juda hayajonli boʻldi. Bizning doʻkonimizga koʻp odam, quvnoq va mayus, jahldor va oʻychan, xullas turli kishilar kirar va ularning barchasiga albatta jilmayib muomala qilish, bir-ikki ogʻiz iliq soʻz aytishimiz, shu bilan birga oʻz xizmat vazifalarimizni bilimdonlik bilan va aniq bajarishimiz kerak edi. Eng birinchi kunlardanoq men oʻz ishimni yaxshi koʻrib qoldim.

Supermarketimizga doimiy tashrif buyuruvchilar meni tanishar va hurmat qilishardi. Hatto yon kassalar boʻsh boʻlgan vaqtda ham ular mening kassam boʻshashini va men ularga xizmat koʻrsatishimni kutib turishar edi. 2014-yilda mening lavozimimni koʻtarishdi, men katta kassirning yordamchisi lavozimiga oʻtdim. Ish uchun masʼuliyatim oshdi, lekin men qiyinchiliklardan qoʻrqmas edim. Men mening mehnat qobiliyatim va ishga masʼuliyat bilan yondashishim – mening yana-da oʻsishim uchun tramplin ekanligini yaxshi tushunar edim. 2016-yilning yanvarida, navbatdagi attestatsiyadan soʻng men supervayzer lavozimiga ega boʻldim, hozirgi kungacha shu lavozimni egallab kelmoqdaman. Hozir men yana-da katta masʼuliyatni his qilmoqdaman, chunki mening roʻyxatimda koʻplab muhim ishlar yana-da koʻpaydi. Mening doʻkondagi kunim narx koʻrsatkichlarini, tovarlarning toʻgʻri joylashtirilganligini, yaroqlilik muddatini yoppasiga tekshirib chiqish va yana boshqa bir talay ishlardan boshlanadi. Bunda men har doim oʻz hamkasblarim bilan umumiy til topisha olaman, ularga yordam beraman, oʻrgataman, ularni yoʻnaltiraman. Mening jamoam – bu mening katta oilam. Hammasi shunday boʻlgani uchun taqdirga shukronalar aytaman, mening yelkamga tushgan masʼuliyatning ana shunday katta yuki esa menga professional jihatdan oʻsishimga va sevimli ishimga ega boʻlishga katta yordam berdi. Ishimni aniq, toʻgʻri va bilib bajarishga harakat qilaman, chunki kompaniyamizning muvaffaqiyati hamda ravnaqi mening kasbiy mahoratim va jamoamizning bir jon-bir tan boʻlib ishlashiga bogʻliqdir.

Aytishlaricha, biz yoʻlimizni oʻzimiz tanlamaymiz, aksincha yoʻllar bizni tanlaydi. Chiroyli, teran fikr, lekin, afsuski hamma vaqt ham toʻgʻri emas. Mening shaxsiy fikrim – Yoʻlni odamlarning oʻzlari tanlaydilar. Men oʻz kasbimni juda sevaman, chunki u mening hayotimni yorqin va zavqli qiladi!!! Ijod qiling, oʻz ustingizda ishlang, toʻgʻri yoʻnalishda olgʻa harakatlaning va baxtli boʻling…. Men oʻz kompaniyamga muvaffaqiyatlar tilayman va gullab-yashnashini istayman. Barchamizni Xudoyimning oʻzi asrasin!