Men kolledjni tamomlagandan soʻng ishga kirmoqchi edim. Bu vaqtda mening kursdoshim Anglesey food kompaniyasiga sotuvchi-konsultant lavozimga ishga kirishni taklif qilayetgan edi. Suxbatdan soʻng meni kassir stajer lavozimiga qoʻyishdi. Nekst Red Tag da bir kun ishlaganimdan keyin meni Red Tag Aviator ochilishiga yubordilar. Men duch kelgan guruh aʼzolari juda ahil boʻlib, ishga yangi kelga har bir xodimni ular olqishlar va quvonch bilan kutib olar edilar. Bu yerda jamoa ruhi hukmronligi menga taʼsir etdi, guruhning barcha aʼzolari pozitiv kayfiyatda boʻlib, ular har bir muammoni yechishda koʻmak berishga tayer edilar. Menga birinchi kundan boshlab ustozlik qilgan va oldinga intilishda toʻri motivatsiya bera olgan menedjerimdan minnatdorman.

1 razryadga ega boʻlganimdan keyin menga oʻzimni kassir lavozimida sinab koʻrishni taklif etdilar. Menga bu ish qiziq boʻlganligi sababli quvonch bilan rozi boʻldim.

Gʻaznada ishlashning sirlari menga bosh kassir va mening ustozim oʻrgatdilar. Buning uchun ulardan minnatdorman! Bosh kassir meni faqat ish borasida emas, balki shaxsiy hayetimda ham toʻgʻri yoʻldan borishga yerdam berdi. Bu infon tufayli men turli odamlar bilan muomala qilishni, va konfliktli vaziyatlarni toʻgʻri hal eta olishni oʻrgandim.

Umuman olganda bizning kompaniyamizda, oʻrganish va oʻrgatish hamda oʻzaro yerdam muhiti hukimron, desa boʻladi.

Hech kimga sir emas: xar bir infon xato qilishi mumkin. Mening ishimda ham xatolar yuz berdi.

Men bilan birga ishlayetgan kishilar menga ishda duch keladigan muammolarni va qiyinchiliklarni toʻgʻri hal etishda yerdam beradilar. Har bir xatoim men uchun yaxshi xayetiy tajriba boʻldi. Men bu yerda har qanday holatda ham yengilmaslikka va vaziyatdan chiqishga oʻrgandim. Doim oldinga intilish zarur, toki hech qanday toʻsiq tanlangan yoʻldan adashtirmasin!

Kassada bir yil ishlab, men katta tajriba va koʻplab bilimga ega boʻldim.

2017 yil avgust oyida menga supervayzer lavozimiga oʻtishimni taklif etishdi. Men qiyin boʻlishini tushundim, lekin xar bir qiyinchilikni menga kelajakda foydali boʻladigan bir dars va tajriba sifatida qabul qildim. Ancha uzoq va qiyin boʻlgan market Red Tag Aviator ishdan keyin meni Red Tag Salom ga oʻtkazdilar.

Hozirgi kunda men supervayzer lavozimida faoliyat olib borayabman va men shunday kompaniyada ishlayetganimdan xursandman!

Hozirda men personal bilan ishlashning yangi qirralarini oʻrganmoqdaman. Menga tajribali menedjer koʻp narsalarni oʻrgatmoqda. U mening tafakkrimni oʻzgartirdi va menga yetakchilikning toʻgʻri yoʻnalishini va xususiyatlarini koʻrsatib berdi.

Turli yenalishlarda uzimni sinab koʻrish uchun imkon bergan bizning kompaniyamizga katta rahmat!