Red Tag ga men tasodifan kelib qoldim. Yez kunlarining birida biz doʻstlarimiz bilan Next savdo markazida aylanib yurgan edik. Red Tag magaziniga kirdik va men u yerda xodimlar ishga qabul qilishayetganligi haqidagi eʼlonni koʻrib qoldim. Uzoq oʻylamasdan men rezyumeimni taqdim etdim. Bir necha kunlay keyin Red Tag Next magazinining xodimiga aylandim.

Kompaniyaga kelishimdan ancha oldin ham kassirning majburiyatlari menga tanish edi. Men bunga qadar oziqgʻovqat magazinida qassir boʻlib ishlagan edim.

Agar siz oʻz ishingizni sevsangiz va vazifalaringizni chin koʻngildan bajarsangiz, buni albatta boshqalar sezadilar.

Bir muncha vaqt oʻtkandan soʻng men 1 razryadga ega boʻldim va bir pogʻona koʻtarildim. Menimcha seni xodim sifatida qadrlasalar va xizmatchi sifatida oʻsishingga yerdam bersalar - bu eng katta motivatsiya hisoblanadi. Bir qancha vaqtdan soʻng men yana 2 Red Tag magazinini: Red Tag Aeroport va Red Tag Samarqand darvozasi ochilishi haqida bilib qoldim. Bu vaqtda men ham bunday ulkan magazinlarning ochilishida ishtirok etishni xoxladim, bu vaqtda men xis qilgan kechirmalarimni ifodalash qiyin.

Tun boʻyi uxlamasdan va magazinning ochilishiga tayergarlik koʻrishni tasavvur qila olasizmi?

Men buni tasavvur eta olaman. Bunday xis tuygʻularni soʻz bilan ifodalash qiyin. U kecha butun jamoamiz oʻziga xos koʻtarinkilik bilan mehnat qildi. Ertangi kuni xaridorlarning quvonchli koʻzlarini koʻrish uchun men bor kuchim bilan harakat qildim. Bizning chin koʻngildan qilgan xizmatlarimiz tufayli magazinning ochilishi juda yaxshi oʻtdi.

Ertasi kuni ishga kelib men yana yangi ufqlarni zabt etishga tayerligimni angladim. Men yanada unumli ishlashga intildim. Bir ikki oylardan soʻng meni bosh kassir lavozimiga tayinlanishim uchun suxbatga taklif etdilar. Bu albatta kutulmagan va yeqimli edi.

Butun xizmat davrimda men koʻp narsani boshimdan oʻtkazdim va koʻp narsalarni oʻrgandim. Kundan kunga men oʻz sohamda oʻsayetganligimni xis etayapman, lekin mmen erishkin yutuqlarim bilan yayeklanmasdan yanada ilgariga intilishni hohlayman.

Xozirda men Red Tag Salom magazinida 2 razryadli bosh kassir boʻlib faoliyat koʻrsatmoqdaman. Men bu katta oilaning aʼzosi boʻlganligimdan faxrlanaman. Kelajakla men yanada Anglesey food kompaniyasi bilan oʻsishni va turli yenalishlarda muvaffaqqiyatlarni qoʻlga kiritishni istayman.