2020-yil 12-mart kuni EZGU AMAL xayriya jamgʻarmasining 2019-yildagi faoliyati toʻgʻrisida Jamoatchilik hisobotining taqdimoti boʻlib oʻtdi, unda kompaniyamiz vakillari va koʻngillilar ishtirok etdilar.

Anglesey Food Kompaniyasi (sm: korzinka.uz) EZGU AMALning hamkorlaridan hisoblanadi. 2019-yil oxirida kompaniya xayriya qutilarida yigʻilgan 500 million soʻmdan koʻproq mablagʻni jamgʻarma hisobiga oʻtkazdi. Ushbu mablagʻlar saratonga chalingan bemorlar uchun dori-darmon sotib olishga va ularning davolanishiga, jumladan xorijda davolanishiga ham toʻlashga sarflandi.

EZGU AMAL Oʻzbekistondagi koʻngillilar tomonidan yaratilgan birinchi jamoat fondi boʻlib, saraton kasalligi va boshqa kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlarni tezkor sotib olishga muhtoj boʻlganlarga yordam beradi, shuningdek uysizlar, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga ham yordam beradi.

Pul yigʻish bir soniya ham toʻxtamaydi, xayr-ehson miqdori oshib bormoqda, demak hayoti saqlanib qolingan insonlar soni ham koʻpayadi.

Biz barcha eʼtiborsiz boʻlmaganlarga, koʻngillilarga va mushkul ahvolga tushganlarga yordam berayotganlarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.