Korzinka.uz-dagi ishimni 2012 yilda Sergeli supermarketida sotuvchi- konsultant sifatida boshlaganman. Bir qarashda, bajariladigan ishda hech qanday murakkablik yo'qdek tuyulgan, lekin menga ishoning, tovarlarni rastalarga taxlashda ko'plab qoidalarga amal qilishingiz kerak.

Doim o'zim uchun foydali narsalarni olishga harakat qilaman, do'konning barcha bo'limlarida tajribamni orttiraman. Ishimni boshlaganimda, har bir hamkasbim menga o'z o'rnida ustozlik qilishdi va ishda yordam berishdi. Men ulardan ko'p narsalarni o'rgandim. Mening ustozlarim ko'p edi, ularning ba'zilari hozirda boshqaruv lavozimlarini egallashgan. Bugun men universal sotuvchiga aylandim. Endilikda bilimim va tajribam tufayli deyarli barcha bo'limlarda ishlashim mumkin. 

Mening sevimli mashg'ulotim - fotografiya. Odamlarning hisiyotlarini kadrga muhrlashni yaxshi ko'raman va eng muhimi buni uddalay olaman. Shu sababli, kompaniyamizda bo'lib o'tadigan turli tadbirlardan fotoreportajlar tayyorlashni menga ishonib topshirishadi.

Men eng faxrlanadigan narsam, bugungi kunga qadar oyning eng yaxshi xodimi nominatsiyasida ikki marta g'olib bo'lganman.

Bugungi kunga kelib bizning kompaniyamiz menga universitetda o'qish imkoniyatini taqdim etdi va kontraktni to'lashda yordam beradi. Bu mening kareramni yanada rivojlantirish va kasbiy rivojlanishim uchun katta yordam va men olgan bilimlarim asosida kompaniyaga qo'limdan kelganicha yordam beraman.

Baxtli kunlarim davom etishi menga kompaniyamizning ichki aloqalarini bosh ofisda rivojlantirish imkoniyatini berdi, u erda men kadrlar bo'limida yangi lavozimga taklif etildim.

Ota-onam menga yoshligimdan odamlarga hurmat, xushmuomalalik, samimiylik va halollik kabi fazilatlarni singdirishga harakat qilishdi. Bularning barchasi ishimda kerakli natijalarga erishishga yordam beradi. Men har kuni yangi marralarni zabt etib, jadal rivojlanayotgan, korzinka.uz xodimi ekanligimdan faxrlanaman.