Men Darhondagi Smart-ga tez-tez kirib turardim. O'sha vaqtda men yaqin orada bu yerda ishchi  bo'lishimni tasavvur ham qilmasdim. Men yaxshi formadagi yosh yigit va qizlarning rastalarga tovarlarni qanday joylashtirayotganliklarini, kassirlarning mijozlarga xushmuomalalik bilan xizmat ko'rsatishini, do'kon menejerlarining mijozlar bilan professional tarzda aloqada bo'lishlarini ko'rib hayron bo'lganman. Ko'p o'tmay, men suhbatga borishga qaror qildim va bir necha kundan keyin meni sotuvchi- yordamchi sifatida ishga taklif qilishdi. Birinchi ish kunimni hali ham yaxshi eslayman, bu bahorda edi.

Men 4 yildan beri korzinka.uz oilasidaman. Bu vaqt ichida men Turkman supermarketining deyarli barcha oziq-ovqat bo'limlarida ishladim, Aviatordagi korzinka ochilishida ishtirok etdim, u yerda katta tajriba, boy hissiyotlarga ega bo'ldim va yangi do'stlar orttirdim.

Hayotimdagi shiorim: "Bugungi ishni ertaga qoldirma!". Kompaniyada ishlagan vaqtim davomida ikki marta "Oyning eng yaxshi xodimi" unvoniga sazovor bo'ldim.

Bugungi kunda men Riyoziy korzinkasida ishlayman va men universal sotuvchi, HR bo'yicha ambassadori, ekspert, shuningdek, tajribam va bilimlarim bilan  o'rtoqlashayotgan ko'plab yangi ishchilar uchun murabbiyman. Bu men juda faxrlanadigan shaxsiy yutuqlarimdir. Bizda ajoyib jamoa, ziyrak va g'amxo'r rahbariyat bor, men ular bilan yonma-yon ishlashdan mamnunman. Kelgusida men do'kon supervayzeri bo'lishni rejalashtirmoqdaman va yangi maqsadimga erishish uchun juda oz qolganiga aminman.