Eng qadimiy sanalardan biri - Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlaymiz

 Biz o'zimizning fazilatlarimiz bilan, oppoq qog'oz kabi, pok boʻlib tug'ildik.  Tabiat har birimizni noyob, takrorlanmas qilib yaratdi.
 Bugun yozning ilk kuni, ajoyib bayram, eng qadimiy sanalardan biri - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

 2021-yil 31-mayda biz ko'ngillilar orqali Chirchiq shahriga o'yinchoqlar to'plamlarini sovg'a qildik, ularni 250 ga yaqin kam ta'minlangan oilalarning bolalari qabul qilib oldilar.

Bugun esa, Ezgu Amal Jamg'armasi, korzinka.uz va boshqa kompaniyalar ko'magida, bayram Milliy bolalar tibbiyot markazining jajji bemorlarini ham chetlab o'tmadi.

Bolalarni seving, eʼtiborli bo'ling, ularga nisbatan sezgir bo'ling va ko'proq ijobiy his-tuyg'ularni hadya qiling. Bu kunda biron bir bola huquqlarining buzilishidan aziyat chekmasligini, baxtli bo'lishini va sog'lig'i bilan bog'liq muammolar nimaligini bilmasligini tilaymiz.
Bosib oʻtilgan umr yillar va hayot sinovlaridan so'ng, ko'pchiligimiz uchun bolalik kichik jannatdek, barcha orzu va istaklar amalga oshadigan afsonaviy mamlakatdek tuyuladi. Har birimiz oʻsha mamlakatda boʻlganmiz va iliq xotiralar izini qoldirganmiz.
Biz xodimlarimizning ichki ijtimoiy tarmogʻimizda joylashtirgan fotosuratlaridan samimiy slayd-shouni to'pladik.