Men “korzinka.uz-Andijon” doʻkoniga rahbarlik qilaman, hamda sotish jarayonini va xodimlarni oʻqitishni tashkil etish va nazorat qilish uchun masʼulman.

Mening tarixim – nisbatan qisqa vaqt ichida oddiy yuk tashuvchidan obroʻli joyda markaziy doʻkonlarning biriga rahbarlik qiluvchi menejerga aylanish real holat ekanligining yorqin misolidir.

Men kompaniyaga eʼlon boʻyicha ishga kirdim. 2009 yilda edi, haligacha kadrlar boʻlimining ofisini deyarli 3 soat izlaganim esimda: oʻshanda men shaharni yaxshi bilmas edim, asli urganchlikman. Men suhbatdan oʻtdim va yuk tashuvchi boʻlib ishga qabul qilindim.

Darxandagi birinchi doʻkonimda birinchi ish kunimda meni market menejeri - Farxod Namozov qarshi oldi, u mening ustozim, akam, oʻqituvchim boʻlib qoldi.

Keyinchalik u bilan va uning moslashuvchan guruhi bilan birga biz tarmoqning oʻnga yaqin doʻkonini ochdik. Aynan u meni xodimlar bilan bilimlarni boʻlishini ular oddiygina eslab qolishi emas, oʻz dilidan oʻtkazishi, bu bilimlarni amalda qoʻllashni oʻrganib olishi uchun oson usulda oʻrgatdi. Men unga oʻxshab adolatli, sabrli va sadoqatli rahbar boʻlishga intilaman. Bugungi kunda shu intensiv amaliyot va taʼlim tufayli “korzinka.uz-Andijon” doʻkoniga rahbarik qilaman.

Menga mijozlarga xizmat koʻrsatish, ularga sotib olish jarayonidan lahhatlanishda koʻmaklashish, xaridorlarning fikrlari va takliflarini qabul qilish, albatta, ularning ustida ishlash haqiqatdan yoqadi. Men oʻz xodimlari uchun mini-treninglar va master-klass mashgʻulotlarini tez-tez oʻtkazib turaman, ularga mijozlarning mahsulotlarga ehtiyojlarni qanday qilib aniqlash kerakligiga oʻrgataman.

Menga oʻzim ishlagan jamoam ilhom baxsh etadi. Xodimlarga qanday munosabatda boʻlsang, ular ham senga shunday munosabatda boʻladi. Ular sening shaxsiy tirishqoqliging va kompaniyaga sadoqatingni, muomalangda chin koʻngillik va gʻamxoʻrlikni sezganda, ular ham sening kutganingni yuqori darajaga chiqarib ado etishga intiladi, oʻz ustida ishlaydi. Jamoadagi ishonch tuygʻusi – kompaniyamizning oʻta muhim qoidasidir.

“Anglesey Food” kompaniyasidagi asosiy qadriyatlar – jamoaviylik ruhi, hamkasabalarga va mijzlarga hurmat, ishga jalb qilinganlik va tashabbus, masʼuliyat va intizomdir. Va albatta, aʼlo xizmat koʻrsatish birinchi oʻrinda turadi.

Men oʻz jamoamni boshqarishdan, katta muhim mexanizmning bir qismi boʻlishdan xursandman, menga har bir yangi xodimga rivojlanishida yordam berish, hamma bilan birgalikda xaridorlarimizning nazarida kompaniyaga hurmat, ishonch va obroʻsining darajasini oshirish juda yoqadi.
Kompaniyamiz oʻz xodimlarining rivojlanishiga koʻp hissa kiritishini qatʼiy ayta olaman. Men va mening ukam, “Anglesey Food” da koʻp yillar davomida ishlab kelib, biror marta toʻgʻr yoʻl tanlaganimizdan shubha qilmaganmiz.