Korzinka.uz Aeroport mening birinchi kashfiyotim boʻldi. Men unda sabzavotlar boʻlimida sotuvchi-konsultant boʻlib xizmvt qilar edim. Aynan shu kuni mening rahbarim yangi marketning ochilishida ishtirok etishimni soʻraganda, men marketning ochilish jarayoni qanday boʻlishini tasavvur qila olmas edim. Shunday boʻlsada, men qiziqib qoldim va yangilikni koʻrishga qaror qildim. Men bilan bitta jamoada bir nechta kishi boʻlib, ular qatorida tizim xodimlari va mening rahbarim ham bor edi. U menga magazinning ochilishida birinchi marta ishtirok etishimda ustozlik qildi. U mening potensialimni koʻra oldi va menga oʻzimni anglashda va oʻrnimni topishda yordam berdi. Men kun sayin oʻzimning oʻrnim va ahamiyatim bor ekanligini anglab borib, oʻz ishimni yanada yaxshi koʻrib borar edim. Menga hamma narsa, har qanday mayda-chuydalar qiziq edi. Mana sakkiz yildan beri men mobil guruhga boshchilik qilaman. Har bir rahbarda boʻlgani kabi menda ham koʻpincha oʻz jamoamga yangi xodimlarni qabul qilish masalasida savollar tugʻiladi.

Ishga barcha yangi kelganlarni men ishimizning oʻziga xosligi, jamoada birgalikda oʻzaro kelishib ishlashning muhimligi, ish koʻp vaqtlarda, ayniqsa marketning ochilishiga tayyorgarlik koʻrish davrida hamkasblarga yordam berish zarurligi hamda ijobiy natijani koʻzda tutgan holda ishlash kerakligi toʻgʻrisida ogohlantiraman. Agar ish jarayoni yaxshi kechsa, jamoa ham ahil boʻladi, qiyin vazifalar ham oson va chin dildan bajariladi.

Ana shunday tarkibda biz Korzinka.uz Riyeziy marketining ochilishiga kirishdik. Bu bizning birinchi birgalikda market ochilishiga tayyorgarlik koʻrishimiz edi. Bu vaqtda xodimlarning koʻpchiligi faqat oʻzining boʻlimiga tegishli boʻlgan narsalarni bilar edilar. Lekin ularda oʻrganish istagi va yangi bilimlarni bilishga intilish kuchli edi. Men ularning koʻzida ishlashni hohlashi va oʻsishga intilishni koʻrdim. Bu juda muhim edi.

Men oʻz jamoamni barcha oʻzim bilgan narsalarga oʻrgatdim. Guruhda ishlash qanday boʻlishini, boshqalarga oʻrnak boʻlish va bir-birini qoʻllab-quvvatlagan holda mehnat qilish muhimligini tushuntirdim. Men ularga yangiliklarga muxabbatimni berishga harakat qildim.

Shunday qilib biz 13 ta marketni ochilishiga erishdik. Bu davr ichida guruh yanada ahil boʻldi, koʻp narsalarni oʻrgandi. Ayniqsa regionlarda marketlarning ochilishi jarayonida anchagina tajribaga erishdik. Har bir ochilishda biz oʻzimiz uchun qandaydir yangilikni oʻrganamiz va yangi ish boshlagan xodimlar bilan bilganlarimizni oʻrtoqlashamiz.

Market ochilishida har bir vazifaning ikir-chikirigacha eʼtibor berish zarur. Har bir market oʻziga xos xususiyatga ega. Yangi sharoitlarga tez moslashish muhim. Biz avval bir yilda uchtadan market ochgan boʻlsak, soʻnggi vaqtda har oyda bir nechtadan market ochilmoqda. Men guruhimning qanday oʻsganligini koʻryapman. Men ham ular bilan birgalikda oʻsyapman. Biz bitta ulkan kompaniyaning bir boʻlagi ekanligimizni bilish va aynan bizga maʼsuliyatli ishni ishonib topshirilayotganligini anglash juda yoqimli!