Mening muvaffaqiyatim tarixi negizida katta mehnat xamda sabr va toqat yotadi. Eng avvalo, oʻzim uchun xayotni yanada maroqli hamda samarali oʻtkazish maqsadida men doim duch kelgan xayotiy vazifalarni yechish jarayonida noanʼanaviy xamda qiziqarli yoʻllardan foydalanib kelganman. Kundan-kunga rivojlanib borish uchun tinimsiz oʻz ustimda ishlayman!

Anglesey Food jamoasiga qoʻshilgan paytim 27 yoshda boʻlganimga qaramay, rahbarlik tajribasiga ega boʻlganligim sababli menga Xalqlar Doʻstligi koʻchasidagi doʻkonimizning ochilishi ishonib topshirilgan va tarmoqning navbatdagi doʻkoni ochilishining bir qismiga aylanganman. Esimda, oʻsha payt Korxonada jami 120 nafar xodim mehnat qilar edi.

Rotatsiyalar davrida Rajabiy va Darxon kabi doʻkonlarda ishlashga musharraf boʻldim va Darxondagi doʻkonimizda tarmoqning eng kuchli jamoalaridan birini tuzib, shaxsiy oilamni xam barpo ettim.

2010 yilda esa, oʻsha vaqtda biz uchun yirik format hisoblanuvchi Aeroportdagi doʻkonimizning ochilishi jamoamizga ishonib topshirilgan va undagi muvaffaqiyatdan soʻng navbatma-navbat qator ochilishlarning guvohi boʻldik. Abay, Qoratosh, Merkato, Sergelidagi doʻkonlarni ochar ekanmiz, har bir ochilgan yangi doʻkonning qolgan chakana savdo vakillarining doʻkonlardan ajralib turishi uchun qoʻlimizdan kelgancha xarakat qilganmiz. korzinka.uz tarmogʻini boshqalardan ajratib turuvchi - bu jamoaning mehnatsevarligi, professionalligi, sadoqati, fidokorona mehnati boʻlib, bu jihatlarning jamlanmasi oldinga qoʻyilgan xar qanday yuqori choʻqqining zabt etilishini taʼminlab kelmoqda.

Zafar Xashimovning meni chaqirtirib, lavozimda koʻtarilganimni shaxsan eʼlon qilgani, 5 yillik mehnat faoliyatim davomida eshitgan eng yaxshi yangilim boʻlgan. Bu bizning jamoviy mehnatimiz, shijoatimiz hamda saʼy-xarakatlarimizning eʼtirofi edi.

Men oʻzimni omadli insonman deb xisoblayman. Sababi, qator doʻkonlarning ochilishida ishtirok etishga muvaffaf boʻldim, turli boʻlinmalarda faoliyat yurituvchi xamkasblarim bilan xamkorlikda qiyin masalalarni xal etib, birinchi nazarda boshi berk boʻlgan vaziyatlardan chiqib, tigʻiz paytlarda kerakli resurslarni safarbar etib, eng avvalo oʻzim doim safda va har qanday vazifalarni munosib qarshi olishga shay turdim va shunga jamoamni xam oʻrgatib keldim. Eng yirik yutuqlarimdan biri - bu oʻz vaqtida yosh xodimlarning iqtidorini koʻra olganim va ularning mukammal mutaxassis boʻlishi yoʻlida qoʻlimdan kelgancha ishtirok etganimdir. Ularni yoʻnaltira olganim va oʻzimda mavjud boʻlgan bilimlarim va tajribam bilan boʻlisha olganimdir. 10 yil mobaynida tarbiyalab kelgan kadrlar - tarmoqning rivojlanishiga qoʻshgan eng yirik sarmoyamdir. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamoamiz kuchli professionallar jamoasidir. Orttirgan tajribam, kelajakka boʻlgan ishonchim, rejalarim, orzularimning amalga oshishida Korxonaning ishtiroki beqiyosdir va bu taqsinga sazovordir. Mehnatda eng muhimi bu insonning oʻziga boʻlgan ishonchi, doimiy ravishda har bir sohani takomillashtirib borishi va tushkunlikka tushmasligidir. Boshlangan ishni oxiriga yetkazishdagi shijoati va oʻzini toʻxtovsiz rivojlantirib borishidir.