Har bir inson hayotida uning keyingi yo'lini belgilaydigan muhim qarorlarni qabul qilish fursati keladi. Mening hayotimdagi eng muhim qarorlardan biri bu"Korzinka"ga ishga joylashish edi. 2006- yil oktyabr oyida Beshyog'och ko'chasidagi eski ofisda suhbatdan o'tganim va kompaniya bilan birinchi tanishuvimni yaxshi eslayman. Bir necha kundan so'ng, menga uzoq kutilgan qo'ng'iroq qilindi - meni Anglesey Food ga savdo menejeri sifatida ishlashga taklif qilishdi.
O'sha paytda Beshyog'och taqsimlash markazi bo'lgan. Tovarlarni qabul qilish va ularni marketlarga tarqatish jarayonida qisqa vaqt ichida kerakli ko'nikmalarni egallab oldim, qiziqarli odamlar bilan tanishdim va o'zimni  tamoman ishga bag'ishladim. TM mening boshlang'ich maydoncham edi. Ko'p o'tmay, 2006-yil dekabr oyida menga "Azimov" supermarketining supervayzeri lavozimini taklif qilishdi.
Men Azimovda 2008-yil may oyigacha ishladim. Bu yerda men do'kon menejeri lavozimiga qadar o'sib ulgurdim va chakana savdo sohasida ulkan tajriba orttirdim.
Keyin ustozim Xamid Sultonov rahbarligida men taqsimlash bo'limida ishlash va shu bilan birga ombor mudiri lavozimini egallash imkoniyatiga ega bo'ldim. Keyin menga "Kosmonavtlar" va "Turkman" yangi filiallarini ochish uchun tayyorgarlik ishlarida qatnashish nasib etdi.
Bir yil o'tgach, menga bir vaqtning o'zida B2C va B2B - ikkita murakkab, ammo qiziqarli loyihalarni amalga oshirish imkoniyati berildi. Bu men uchun yangi yo'nalish edi, men jarayonlarga tezda o'rganib oldim va o'ziga xos bilimlarga ega bo'ldim.
2011-yil iyun oyida menga yaqinda ochilgan "Rakat" filialida ishlashni taklif qilishdi va keyingi 7 yil davomida B2C va B2B yo'nalishlarida menejer sifatida ishladim. Bo'lim O'quv Markazi yonida joylashganligi sababli, ko'plab xodimlarni tarmog'imizning kelajakdagi ochilishlari uchun o'qitishda mamnuniyat bilan amaliy va nazariy yordam berdim.
Bizning B2B yo'nalishimiz faol rivojlanib bordi. Bebaho tajribaga ega bo'lib, yangi cho'qqilar sari olg'a qadam tashlash vaqti kelganini angladim. Korporativ xaridorlar bilan o'zaro munosabatlarni osonlashtirish maqsadida 2018-yil fevral oyida  "Korporativ savdo bo'limi" tashkil etildi, unda  rahbariyat qarori bilan men rahbarlik qildim. Ushbu davr mobaynida biz korporativ mijozlar uchun tovarlarni yetkazib berish, bonusli kartalarni yo'lga qo'yish va mijozlar uchun boshqa foydali xizmatlarni ishga tushirish jarayonlarini tashkil qildik. Shu tufayli, tez orada bizning savdomiz 5 barobar oshdi!
Mening kompaniyam o'sib, rivojlanib bormoqda va men ham u bilan birga o'syapman. Endi mening oldimda qiziqarli vazifalar va katta rejalar bor va  muvaffaqiyatga erishishimga ishonaman, chunki bizning jamoamiz eng zo'ri!