Rahbar boʻlmoq – bu birinchi navbatda katta masʼuliyatdir.

Chakana savdo sohasida ishni tasodifan boshlaganman. Bir kun, doʻstim bilan yangi qurilayotgan korzinka.uz Aviator tomondan oʻtib ketayotgan edik. U vaqtda doʻkon ochilish bosqichida boʻlgan va quriliish ishlari qizgʻin ketayotgan edi. Bizning nazarimiz kirish qismi oldida oʻrnatilgan katta plakatga tushdi. Unda: “Magazin supervayzeri kerak”, degan eʼlon yozilgan edi. Oldingi ish joyimda menga drayv, qiziqarli vazifa va motivatsiyalar yetmaganligini eslab, doʻstim menga korzinka.uz da oʻz kuchimni sinab koʻrishni maslahat berdi. Men metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash sohasida oliy maʼlumot egallaganimga qaramasdan, oʻz mehnat faoliyatimda yangi sahifalarni ochib koʻrishga qaror qildim. Men Anglesey Food HR-boʻlimiga suhbatga kelganimni yaxshi eslayman. Bu voqealarga boy, avvaliga ishga yollovchi - rekruter bilan, keyin esa boʻlim boshligʻi bilan bir necha suhbatlar oʻtkazilgan kun edi. Va bir necha kundan soʻng esa baxt qoʻngʻirogʻi jiringladi va menga ish toʻgʻrisidagi taklif kelib tushdi. Meni supervayzer lavozimiga qabul qilishdi va Salom korzinka.uz da amaliyot ishimni oʻtkazishni taklif qilishdi. Shunday qilib ajoyib boʻlgan chakana savdo sohasida mening ish faoliyatim boshlandi.

Salomda tajribali ustoz rahbarligi ostida ishlab, qisqa muddat ichida men koʻplab foydali koʻnikmalarni rivojlantirishga muvaffaq boʻldim. Bu yerda, men xaridorlar bilan muloqot qilish, xodimlar bilan ishlash tajribalarini orttirdim, doimo tanlash imkonim boʻlgan mukammal va baʼzida esa nostandart boʻlgan vazifalarni hal qilishni oʻrgandim. Ishim muvaffaqiyatli boshlandi va toʻqqiz oy oʻtgach meni Smart Darxon doʻkonining menedjeri lavozimiga ishonib tayinlashdi. Qachonlardir ushbu doʻkonda tarmoq asoschisi Zafar Xashimov ham ishlagan va oʻzbek chakana savdosiga yoʻl ochgan edi. Mening jamoam kichik, ammo judayam ahil va oʻz ishining ustasi boʻlgan xodimlardan iborat edi. Tez orada mening faoliyatim Riyeziy, Sebzor, Qoratosh, Angren doʻkonlarida davom etdi. Shu vaqtlar oraligʻida men tajribali ustozlar bilan birgalikda ishlashga muvaffaq boʻldim. Ular doimo menga yordam berishgan, qoʻllab-quvvatlashgan, va hozirda ham oʻz bilim va tajribalarini oʻrtoqlashadilar. Bugungi kunda men Olmaliq korzinka.uz menedjeriman. Kompaniyada ishlayotganimga atigi 4 yil boʻlgan boʻlsa ham, shu yillar ichida hayotimda men uchun qimmatli va foydali narsalarni oldim va bu ishimni toʻgʻri tanlaganligimdan aslo shubha qilmayman. Aminmanki, bu ish faoliyatimning boshlanishidir va eng qizigʻi hali oldinda!