Men 2016 yil oxirida ishsiz edim. Koʻpincha xarid uchun Red Tag magaziniga kirib turar edim. Shu kunlarning birida men yangi xodimlarni ishga qabul qilinishi haqidagi eʼlonni koʻrib qoldim va ishga kirishga urunib koʻrmoqchi boʻldim.

Hamma narsa shunchalar tez yuz berdiki, men ikki kundan keyin Red Tagga ishga joylashib, uning hodimlari bilan tanishib oldim.

Hamkasblarim menga ishning rejimiga kirib borishimga yordam berdilar. Men bunday jamoada ishlayotganimdan juda xursand edim, biz jipslashgan guruhga aylangan edik. Hamkasblarim oʻzlarining odamlar bilan muloqot qilish tajribasi va koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashar edilar. Bundan tashqari men treninglarda koʻp narsalarni oʻrgandim. Bir muncha vaqt sotuvchi lavozimida ishlab koʻrib, mening keyingi qadamim stil boʻyicha mutaxassislik boʻladi, deb qaror qabul qildim. Men xamkasblarimning oson ishlashini, magazinni qanday qilib yengil va kreativlik bilan oʻzgaritirayotganligini koʻrdim va ularga oʻxshagim keldi. Mana uch oydan soʻng menga ana shu lavozimga oʻtishni taklif qilishdi. Men xammasi bunchalar tez boʻlishiga ishonmasdim. Men erishgan yutuqlarim uchun ustozimdan minnatdorman.

Ertalab uygʻonish va sevimli ishimga xursand boʻlib borish hissi juda yoqimli.

Xozirgi kunda men Red Tag Salom magazinida stil boʻyicha mutaxassis sifatida faoliyat yurityabman va 2 toifali mutaxassis darajasiga sazovor boʻldim. Kun sari kunim meni ilxomlantiradi, yangiliklarga chorlaydi. Men barcha narsalarni tezlik bilan oʻrganmoqdaman va har kuni kuni oʻzim uchun biror-bir yangilikni olmoqdaman.

Bizning kompaniyamizda xodimlar uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyatlar mavjud.

Biz 1 joyda toʻxtab qolayotganimiz yoq, xar bir olayotgan bilimlarimizni amaliyotda qoʻllashga intilmoqdamiz. Bu yerda boshqa kompaniyalarda erisha olmaydigan tajribaga ega boʻlish mumkin. Men Anglesey food kompaniyasi kun sayin rivojlanib va kengayib borishiga ishonaman.