"Anglesey Food" kompaniyasi "Мир" nominatsiyasida faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgani bilan butun boshli jamoamizni tabriklaymiz!

Biz O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistonning 11 ta kompaniyasi bilan raqobat qildik. Jamoa ichidagi bilim olish va aloqa o'rnatishni tubdan takomillashtirishga xizmat qilgan Intouch korporativ platformamiz yuksak bahoga loyiq ko'rildi. Mukofotga Markaziy Osiyoning 30 kompaniyasidan 33 ta loyiha ariza bergan. 

Mukofotning vazifasi uchta nominatsiya bo'yicha eng yaxshi HR amaliyotlarga urg'u berish, baholash va targ'ib qilishdir:

* Столица -  Nursulton va Olmaota shaharlarida amalga oshirilgan loyihalar;
* Казахстан - Qozog'iston hududlarida, jumladan, Nursulton va/yoki  Olmaota shaharlarida amalga oshirilgan loyihalar;
* Мир -Qozog'istondan tashqarida amalga oshirilgan loyihalar; chet eldagi bosh ofisdan tushgan HR-amaliyotlardan foydalanadigan loyihalar.

Loyiha jamoamizga ulkan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz, sizsiz ushbu yutuqni qo'lga kirita olmas edik!