Men o'z xodimlarimda tashabbus va nimadir qilishga intilishni  ko'rsam - bu meni ularga har qanday ishni boshlashga yordam va qo'llab-quvvatlash berishga undaydi.

Men korzinka.uz -ga 2009- yilda stajor-kassir sifatida kelganman va bugungi kunda men supervayzer. Kompaniyadagi 10 yillik faoliyatim davomida ko'p narsalarni boshdan kechirdim. Hammasi yaxshi va silliq o`tdi, deb ayta olmayman, albatta, qiyinchiliklar bo'lgan, axir ularsiz ham bo'lmaydi. Ammo har safar ularni yengib o`tganimda, men kuchliroq va tajribaliroq bo'ldim, bu meni yana bir palla yuqoriga ko'tardi.

Mening ishim odamlar bilan muloqot qilish bilan chambarchas bog'liq: mijozlar va xodimlar bilan. Shu tufayli men nafaqat professional, balki shaxs sifatida ham rivojlanaman va o'rganaman. Men ba'zida juda qattiqqo`l va talabchan ekanligimni yashirmayman, lekin tartib va adolatli munosabatni yaxshi ko'raman.

Barchaga ma`lum do'kon xodimlarining asosiy qismini yosh yigit-qizlar tashkil etadi. Va yosh jamoada ishlash, to'g'ri maqsadlar va marralarni belgilash, namuna ko'rsatish, insoniylik jihatdan motivatsiya berish vaqo'llab-quvvatlash juda muhim - menimcha, bu supervayzer sifatidagi eng asosiy va mas'uliyatli vazifamdir. Men batafsil va to`liq tushuntirishga kuch topishga harakat qilaman. Agar xodim  ishni qanday qilib to'g'ri bajarishni darhol anglamagan bo'lsa, qayta-qayta tushuntirish men uchun qiyin emas. Men sabrli bo'lishga va vazifalarni aniq tushuntirishga harakat qilaman. Shu tufayli men stajorlarim o'z sohalarida malakali mutaxassislar sifatida ulg'ayishiga erishdim va mana shunday mutaxassislar ro'yxati o'sishda davom etayotganidan xursandman. Shuningdek men samimiylik bilan aytishim mumkinki, professional muvaffaqiyatimga sabab o`z ishimga bo'lgan muhabbatdir. Men qilayotgan ishimni haqiqatdan ham juda yaxshi ko'raman va ishlashga majburligimdan  emas, sevimli ishim bo`lgani uchun ishlayman.