2008 yilning issiq iyul oyi edi. Yosh mutaxassis sifatida  ish qidirishim kareyeram boshlangan va davom etayotgan korzinka.uz-ga olib keldi. Men "SUM" supermarketini nazorat qilish xizmati inspektori sifatida ish boshladim va bir necha oydan keyin NX nazoratchisiga aylandim. Ish juda qizg'in davom etdi, lekin bir kuni menga chakana savdo yo'nalishi va tovar yetkazish lavozimini taklif qilishdi. Yetkazib beruvchilar bilan ishlash va tovarlarni hisobga olish meni juda qiziqtirib qo`ydi, men bor kuchim bilan ishlashga harakat qildim. Bir yil o'tgach, mening harakatlarim o`zini oqladi va meni tovarlar  yetkazilishi bo'yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlashdi. Men taqsimlash markazida ishladim, u yerda boshqaruvchi ko'nikmalariga ega bo'ldim, katta hajmdagi tovarlar bilan qanday ishlashni, tarmoqlarga mahsulotlarni taqsimlashni o'rgandim hamda kompyuter va korporativ hisob tizimlari bo'yicha bilimlarimni oshirdim.

Mening kareyeram pillapoyalari 2017 yilda yuqorilay boshladi. Ana shu vaqtda men suhbatdan muvaffaqiyatli o'tib, do'kon nazoratchisi bo'ldim. Bu mutlaqo boshqa ish edi. Katta jamoani boshqarish, mijozlar bilan bog`liq murakkab  vaziyatlarni hal qilish meni umuman qo'rqitmadi, aksincha yangi kashfiyotlarimga ilhomlantirdi. Bu pozitsiya menga stressga qarshi turish, e`tiborlilik, har bir detalda aniqlik ko`nikmalarini  rivojlantirishga yordam berdi.
Bugun korzinka.uz "NEXT" menejeri bo'lib ishlayman. Menedjer bo'lish uchun o'z ustimda jiddiy ishlashimga, ko'proq bilimlarga ega bo'lishimga va jamoada ishlash ko'nikmalarimni rivojlantirishimga to`gri keldi. Bunda menga juda ko'p  ustozlarim yordam berishdi. Va bugun men o'zim  katta tarmog'imizdagi ko'plab ishchilar uchun murabbiyman.
Kompaniyada ishlagan vaqtim davomida men tarmog'imizning 10 dan ortiq supermarketlarida ishlashga muvaffaq bo'ldim. Juda kamchilik bunday boy ro'yxat bilan maqtanishi mumkin. Har bir lavozim va har bir do'kon menga ko'p narsani o'rgatdi, hayotimga ko'plab yaxshi tanishlarni olib kirdi.
Shuningdek, korzinka.uz-da men 10 yildan beri mening yonimda bo'lgan va meni qo'llab-quvvatlaydigan va ikkita  ajoyib o'g'limizning onasi  bo'lgan rafiqam va ishonchli yordamchim bilan tanishganman.