Men ehtimol, koʻpchilik singari RedTag Olmaliq doʻkoniga tasodifan keldim. Mening bir tanishim soʻrovnomani toʻldirishni maslahat berdi. Men buni keyinga qoldirmasdan, doʻkonning Toshkent shahridagi bosh ofisiga kelib, soʻrovnomani toʻldirdim. Men birinchi boʻlib ofisdagi xodimlar xushmuomala va doʻstona munosabatda ekanligiga eʼtibor berdim va shu tariqa men butun kompaniya haqida yaxshi taassurotlarga ega boʻldim. Shunday qilib, men soʻrovnomani toʻldirib, men bilan bogʻlanishlarini kuta boshladim. Men koʻp kutmadim, chunki ikki hafta oʻtgach men marketga taklif etildim va u yerda men suhbatning keyingi bosqichidan oʻtib, muvaffaqiyatli ravishda ishga qabul qilindim.

Ilgari, RedTag tarmogʻining doimiy xaridori sifatida men doʻkonga tez-tez tashrif buyurar edim hamda yosh, doʻstona va gʻayratli jamoaning batartib ishini kuzatishni xush koʻrar edim. Endi men ham ushbu katta jamoaning aʼzosi boʻldim va bu – ajoyib hol, albatta.

Men yangi jamoada kassir sifatida ish boshladim. Bunda men har kuni toʻgʻri tanlov amalga oshirganimga ishonch hosil qilar edim. Attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrishimda menga butun jamoa yordam berdi. Hamkasblarim va hatto rahbarlarim bundan chetda qolmadi. Shunga koʻra, nazarimda tayyorgarlik qattiq hayajon bilan oʻtishi kerak boʻlgan attestatsiya zavqli, maroqli va juda qiziqarli oʻtdi.

      Attestatsiyadan oʻtganimdan soʻng, menga oʻzimni katta kassir lavozimida sinab koʻrish taklifi berildi. Aytingchi, bunday istiqbolni rad etish     mumkinmi?

Bu gʻoyat muhim qadam, katta masʼuliyat boʻlganligidan qatʼi nazar, men ushbu taklifga rozi boʻldim va barchasi men uchun shu darajada tekis va ravon oʻtdiki, men oʻz rivojlanishim yoʻlida yangi bosqichni tezkor ravishda oʻzlashtirib olganimni payqamay ham qoldim. Albatta, bunda mening murabbiylarim xizmati ham katta ahamiyatga ega boʻlib, ular meni oʻqitishga kuch va vaqt sarflab, meni tayyorladilar. Bunda tayyorgarlik juda qiziqarli oʻtib, yangi qiziqish holatini baxsh etdi. Katta kassir lavozimiga stajirovka oʻtash vaqtida nizoli vaziyatlarni hal etish va yanada murakkab vazifalar yechimini topishga toʻgʻri keldi.

Hamkasblarim va rahbariyatim meni qoʻllab-quvvatlaganligi munosabati bilan men attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtdim va yangi bosqichga qadam qoʻydim.

Oradan bir oz vaqt oʻtgach, ayrim tegishli holatlarga koʻra, doʻkonimiz yopildi va menga Toshkentga ishga oʻtish taklifi berildi. Bunda menda bir oz shubha yuzaga keldi, chunki menga odatiy boʻlgan hayot tarzini, yashash joyini oʻzgartirish kerak edi. Aslida men bunga tayyor ekanligim borasida juda shubhalanar edim va hatto kompaniyadan ketishni oʻylar edim. Bunda aytishlaricha, hayotda barchasi oʻylab qoʻyilgan ekan. Shu damda nimadir meni qoʻrquvlarimni yengishga daʼvat etdi. Bir ajoyib kunda bizga Anna Kim tashrif buyurdi. Anna bilan oʻtgan suhbatim barcha shak-shubhalarimga barham berdi. Shu tariqa men oʻzimga odatiy boʻlgan hayot tarzini toʻliq oʻzgartirdim va jahonda eng baxtli odam boʻldim.

                                                                                                   Oldinda RedTag Aviator koʻrinib turar edi.

Ayrim vaqt mobaynida Aviatorda ishlagach, men oldinga qarab harakat qilishni xohlar edim, chunki katta kassir lavozimida men koʻp muddat vaqt davomida ishladim. Men menejerga supervayzer boʻlishni qaror qilganimni eʼlon qildim. Menejer meni diqqat bilan tinglagach, menga tegishli tayyorgarlik koʻrishga vaqt berdi. Soʻngra barchasi oʻz-oʻzidan amalga oshirila boshladi. Kamchiliklar bartaraf etila boshladi, albatta oradan koʻp vaqt oʻtdi, chunki men oʻz ustimda, bilimlarim ustida serdiqqat ish olib bordim. Biroq, mening barcha saʼy-harakatlarim, sabrim va intilishim oʻz samarasini berdi. Navbatdagi attestatsiyadan muvaffaqiyatli ravishda oʻtib, doʻkon supervayzeri boʻldim.

Men yordam, qoʻllab-quvvatlash, hamjihatlik hukm surayotgan, haqqoniy ravishda ikkinchi uyim deb atashga loyiq boʻlgan bu kabi azim, istiqbolli kompaniyada ishlayotganligimdan fahrlanaman. Ishonchim komilki, bu – xali imkoniyatlarimning cheki emas, ehtimol siz ikki yildan soʻng mening muvaffaqtlarim toʻgʻrisida navbatdagi hikoyamni oʻqiysiz va men yangi choʻqqilarni qanday zabt etganligim haqida soʻzlab beraman.