2011 yil, Yangi yil bayrami arafasida men “Aeroport” marketiga yordamchi boʻlib ishga kirdim. Men birinchi marta bayram arafasida marketlarda hayot qaynayotganligini koʻrib hayron qoldim. Xaridorlarning tovarlari koʻp boʻlib, natijada kassa oldida katta navbat qatorlari hosil boʻlgan edi. Shunga qaramasdan hamma joyda tartib, bir-birini tushunish va doʻstona muhit xukmron edi.

Men oʻzimni yoʻqotib qoʻygan boʻlsamda, shunchalik yosh boʻla turib, bu ulkan kompaniyaning ishida yordam berishim mumkinligini oʻylab quvonar edim. Maʼlumki, har qanday yaxshi va yomon narsa ham oʻzining yakuniga ega. Bayram kunlari tugab, men kompaniyani tark etishga majbur boʻlsamda, oʻsha vaqtdayoq bu yerga yana qaytib kelishimni bilar edim. 2012 yil iyulning boshlarida men oʻzim orzu qilgan kompaniyaga rasmiy ishga joylashdim. Men “Rakat” marketida oddiy xizmatchi, “sotuvchi-konsultant sifatida ish boshladim. har kuni men turli boʻlimlarda oʻzimning bilim va koʻnikmalarimni sinovdan oʻtkazar edim. “Merkato”, “Yunusabad”, “TTZ” marketlarida ishlab, men xizmat koʻrsatish va sotish boʻyicha katta tajribaga ega boʻldim. Mening tanishlarim koʻpaydi. Ular orasida hamkasblarim, administratsiya xodimlari va hatto isteʼmolchilar ham bor edi. Men ishlagan joylarda xaridorlar men haqimda oʻzining ijobiy fikrlarini “Murojaatlar va takliflar” kitobiga yozib qoldirishi juda yoqimli edi.

2016 yil may oyida meni magazin supervayzeri lavozimiga koʻtarishdi. Bu kuni men baxtdan yettinchi osmonda edim. Meni “Qorasu” marketiga oʻtkazishdi, endi hayotimning yangi bosqichi boshlandi. Men ish jarayonining butunlay boshqa tomonini koʻra boshladim. Birinchi kundayoq men barcha personal bilan tanishdim va tezda ish jarayoniga shoʻngib ketdim.

Kompaniyaniyada ishlash davrimda men “Qorasu”, “Salom”, “Integro”, “SUM”, “Smart”, “Aviator” va “Sayram” marketlarida ishlashga muvaffaq boʻldim. Bu vaqt davomida men koʻpgina stajerlarga ish oʻrgatdim va ularni barcha sohalarda qoʻllab-quvvatlab turdim. Men chin qalbdan ular bilan ishladim. Men yoshligimdan oilaviy psixolog boʻlishni, hayotim mazmunini yoʻqotib qoʻygan odamlar bilan muloqot qilishni, ularga murakkab vaziyatlarda yordam berishni orzu qilar edim. Psixolog boʻla olmasamda, kun boʻyi turli odamlar bilan muloqot qilishga, qiyin vaziyatlarda ularning har xil muammolarini hal etishda yordam berishga toʻgʻri keladi. Har bir xodimga nisbatan individual yondashaman va ularga ish jarayonidan tashqari muammolarini hal etishda ham yordam berishga harakat qilaman.

Bugungi kunda men personalni tanlab olish boʻyicha mutaxassislarning pozitsiyasini tushunaman. Endi men kadrlar boʻlimi xodimiman va bu hali chegara emasligini ham bilaman. Men har kuni oʻz ustimda ishlashga va oʻsishga harakat qilaman. Har kuni men oʻz oldimga yangi maqsadlarni qoʻyaman va ularga erishaman.

Men bugungi kunda mazkur joyda boʻlishimga yordam bergan kishilarni alohida qayd qilishni istayman. Men ulardan minnatdorman! Ularning har biri men ularni yaxshi koʻrishimni va hurmat qilishimni biladi. Ular bir vaqtlar oʻziga ishonmagan mendek yosh yigitga yashiringan qobiliyatini yuzaga chiqarib rivojlantirishda, hamda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida yordam berdilar.

Kompaniyamiz savdo va biznes sohasida koʻplab mutaxassislar va oʻz ishining ustalarini yetishtirib berdi. Kompaniyamizning tobora oʻsib borayotganligini, har kuni yangi yutuqlarga erishayotganligini hamda biz uning ulkan Anglesey food tizimida mehnat qilayotgan xodimlari katta jamoasining aʼzosi ekanligimizni his qilish yoqimli.