Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan mehnatga layoqatli aholining bir qismi ishsiz qoldi. Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, kompaniya rahbariyati ish o’rinlari sonini oshirish to’ǵrisida qaror qabul qildi. Karantin kiritilgan vaqtdan boshlab kompaniya 800 dan ortiq yangi xodimni ishga qabul qildi. Bular turli kasbdagi hamda yoshdagi kishilardir. Bugungi kunda ulardan aksariyati o’zi uchun yangi bo’lgan sohada ishlashni va o’z mavqelarini yanada oshirishni davom ettirmoqda. 
Siz bilan karantin joriy etilganidan so’ng ishini yo’qotgan yosh qiz Zulfiyaning tarixi bilan bo’lishmoqchimiz. U korzinka.uz – katta va mustahkam oila tarixining faqat bir qismi xolos.