MCHJ "ANGLESEY FOOD" XK  dagi faoliyatim uzoq 2012-yilda boshlangan.

Akademik litseyning talabasi boʻlgan holda, men oʻqish va ishni birga olib borishga qaror qildim. Ota-onam bilan maslahatlashib, men Korzinka.uz supermarketlar tarmogʻiga - sotuvchi maslahatchi sifatida ishga joylashdim.

Korzinka oziq-ovqat doʻkonlar tarmogʻi doirasidagi kareram uzoq davom etmadi, chunki tez orada men boshqa mamlakatga oʻqishga ketishga majbur boʻldim. Vatanimga qaytib, men RedTag doʻkonlar tarmogʻida kassachi lavozimida oʻzimni sinab koʻrishga qaror qildim. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganimdan soʻng men RedTag Samarkand Darvoza bilan bogʻliq kareramni boshladim. Birinchi taassurot Korzinkada ish boshlaganimdagi holatni eslatdi. Katta doʻstona jamoa, tajribali rahbarlar, qiziqarli ish - bularning barchasi meni qamrab oldi va yangi bilim va maqsadlar sari yetakladi.

Kassachi lavozimida ishlab, men oʻzimda ruhiy chidamlilik, eshitish qobiliyati, noodatiy holatlarda yoʻl topish kabi sifatlarni rivojlantirdim. Stajyorlikni yakunlaganimdan soʻng menga NEXT REDTAG da katta kassir yordamchisi lavozimini taklif qilishdi. Eski jamoamni qoldirib, barchasini boshidan boshlash oson kechmadi. Lekin men yangi lavozimdagi ishning barcha jozibasini anglash uchun oldinga intilishga qaror qildim.

- “Amalga oshmagan barchasi - yaxshilikka”-

NEXT dagi ishim qiziqarli edi, meni u yerda qadrdondek qabul qilishdi. Va yana doʻstona jamoa, tajribali va juda aqlli rahbar, koʻplab yangi va qiziqarli vazifalar. Ustozimning sabri va tirishqoqligi tufayli barcha yangi bilimlar juda oson va sodda egallandi. Biroz vaqt oʻtib, navbatdagi attestatsiyadan oʻtgandan soʻng, meni katta kassachi etib tayinlashdi. Katta kassachi lavozimi menga yangi imkoniyatlar taqdim etdi. Men uchun eng asosiy va qiziqarli imkoniyatlardan biri - xodimlarning yanada koʻtarilishi uchun oʻqitilishi va tayyorlanishi boʻldi. Eng yoqimlisi - bu, ehtimol, stajyorlaringiz koʻz oldingizda tayyor mutaxassislarga aylanib, yangi marralarni egallashini kuzatish boʻlsa kerak.

Katta kassachi lavozimiga tayinlanishim menda yana ilgarilash ragʻbatini uygʻotdi. Yana biroz vaqt oʻtib men REDTAG AVIATOR doʻkonining supervayzerigacha koʻtarilishga erishdim. Aynan shu yerda, menedjer Kan Svetlana boshchiligida mening oʻzgarishim boshlandi. U - har bir rahbar uchun oʻrnak, ishni boshlab, shubhasiz, uni doim yakuniga yetkazadigan yetakchi.

Ortimga qarab, men tarixdagi oʻzimni tanimayman, inson hech qachon bir joyda toʻxtamasligi kerak deb hisoblayman, chunki hayot imkoniyatlarga toʻla!

Bugungi kunda men oʻzimning rahbarim, jamoam va ishlashga toʻgʻri keladigan barchadan oʻrganish va tajriba orttirishda davom etmoqdaman. Men erishganlarim bilan cheklanib qolmayman, doim oldinga intilaman, oʻzimni yanada rivojlantirish uchun yangi sohalarni topaman. Olgan bilimlarim bilan doim oʻz hamkasblarim bilan boʻlishishga harakat qilaman.