Futbol – bu nafaqat yorqin oʻyin, ijobiy his-tuygʻular, balki gʻoyat ajoyib timbilding, komanda boʻlib harakatlanish ruhi va hamjihatlikning mustahkamlanishi demak.

Yaqinda, 22-sentyabrda har yili oʻtkaziladigan Korporatsiyalar kubogi – Oʻzbekistonning mashhur kompaniyalari oʻrtasida havaskorlar futboli turnirining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bizning  #korzinka komandamiz – bu musobaqalarning faol va azaliy ishtirokchisi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan 2018-yilda biz ushbu turnirda sharafli 2-oʻrinni egallagan edik.

Bu ajoyib sport tadbiri tufayli Oʻzbekistonda havaskorlar futbolining ommalashuvi oshadi va u yana-da rivojlanadi.


Bizning kattagina oilamizda talantli sporchilar va havaskor sportchilar koʻplab topiladi. Kutib oling, bu bizning “Robin van Persi” - Normatov Zayniddin, #korzinka.uz futbol komandasi kapitani, Aeroport supermarketi sotuvchi-konsultanti.

Zayniddin futbol bilan 11 yoshidan shugʻullanadi. Professional darajada oʻynagan va hatto Spartak komandasining ikkinchi ligasida oʻynovchilar roʻyxatiga kiritilgan, lekin oilaviy sabablarga koʻra futboldagi faoliyatini toʻxtatgan. Zayniddin mana 7 yildirki korzinka.uz da ishlaydi va ichki korporativ futbol turnirida muntazam qatnashib keladi.


Biz ishonamizki,  ijobiy kayfiyat va oʻz komandasiga ishonch muvaffaqiyat va gʻalab olib keladi!