9-oktyabrda poytaxtimizdagi  Radisson Blu mehmonxonasida DaVinci Management Consulting versiyasi boʻyicha har yili oʻtkaziladigan  “2020-yilning  Eng yaxshi ish beruvchisi” IV HR-mukofoti gʻoliblarini tantanali mukofotlash marosimi boʻlib oʻtdi, bunda Anglesey Food (savdo marketi: korzinka.uz) bir yoʻla 3 ta nominatsiyada gʻolib boʻldi:

- “Korporativ oʻqitish boʻyicha eng yaxshi dastur”

- “HR-yil direktori” Nargisa Baymirzayeva

- “Oʻzbekistonning eng yaxshi mahalliy ish beruvchi kompaniyasi”

Anglesey Food haqiqatan ham oʻz xodimlarini oʻqitish va rivojlantirish jarayonlariga katta eʼtibor qaratadi, oʻqitishning korporativ platformalariga investitsiyalar kiritadi, shuningdek xodimlarning mansablari oshishi va kasblari boʻyicha oʻsishiga keng va teng imkoniyatlar yaratib beradi.

Agar siz ish izlayotgan va “Eng yaxshi ish beruvchi”ning komandasida ishlashdan manfaatdor boʻlsangiz, bizdagi mavjud barcha lavozim boʻyicha oʻsish imkoniyatlari bilan bizning saytimizda tanishishingiz mumkin.