Do'stlar, bizda faxrlanish uchun ajoyib sabab bor. Yaqindagina har yili o'tkaziladigan "Eng yaxshi ish beruvchi" mukofotining onlayn translyatsiyasi bo'lib o'tdi va uning natijalariga ko'ra biz O'zbekistondagi mahalliy kompaniyalar orasida ish izlovchilar versiyasiga ko'ra "Eng ko'p istak bildirilgan ish beruvchi 2020" nominatsiyasini qo'lga kiritdik.
"Eng yaxshi ish beruvchi" - bu DaVinci Management Consulting konsalting agentligi tomonidan tashkil etiladigan va o'z HR brendining nufuzi va rivojlanishi ustida olib borgan muvaffaqiyatli ishi uchun ish beruvchi kompaniyalarga beriladigan har yilgi taniqli va muhim mukofotdir.
Shunday qilib, biz ishonchli ish beruvchi sifatida kompaniyamizning mehnat bozoridagi ish izlovchilar orasida murojaatlarning soni bo'yicha yetakchilikni saqlab qoldik. Biz barcha ish izlovchilarga, kanal obunachilariga tashakkur bildiramiz va jamoani g'alaba bilan tabriklaymiz!