Anglesey Food ga kirganimda 18 yoshda edim. 2013 yilda, yozgi taʼtil paytida vaqtim bekorga oʻtmasligi uchun korzinka.uz tarmogʻiga ishga kirmoqchi boʻldim. Suhbatdan oʻtayotganimda menga Oʻzbekiston bozorida endi ish boshlayotgan REDTAG modali kiyim doʻkonida ishlashni taklif qilishdi. Bu kutilmagan boʻlsa ham, mamnunlik bilan rozi boʻldim. Shu kunning oʻzidayoq menga qoʻngʻiroq qilib, boʻlgʻusi rahbarim bilan suhbatga taklif qilishdi. Avvaliga u oʻquv jarayoni orasida vaqtincha ish izlayotganimdan shubhalandi, lekin ishlash ishtiyoqimni koʻrgani tufayli va men haqimda yaxshi tasavvur qolgani uchun, boʻlgʻusi rahbarim meni ishga qabul qildi. Men hozirgacha undan juda minnatdorman!

Oddiy sotuvchi boʻlib ishlay boshladim, yozgi taʼtil tugaganda esa rejalashtirganimdek, oʻqishni davom ettirish uchun ishdan ketdim. Lekin 6 kun oʻtgach jamoamizni sogʻinganimni tushundim. Yettinchi kuni men uchun ikkinchi oilam boʻlib qolgan jamoaga qaytishga qatʼiy qaror qildim. Shu voqeani aytib bergan koʻp kishilar: “tasodif asli tasodif emas” deydi, men bunga oʻz sevgan iboram bilan javob beraman: “taqdirimiz – tasodif masalasi emas, balki bizning tanlovimiz masalasidir”.

REDTAG da ishlash menga har kunning avvalgisiga oʻxshamasligi bilan yoqadi. Doimiy yangi odamlar, yangi voqealar, oʻzimning va atrofdagi xodimlarning rivojlanishi uchun koʻplab imkoniyatlarning mavjudligi. Kompaniyamiz xodimlarning taʼlimiga va oʻsishiga koʻp eʼtibor berishi menga juda yoqadi. Bizda kollektivimizni Jamoa deb aytish qabul qilingan, unda hamma oʻz rolini, oʻrnini biladi. Har bir kishi zarur boʻlganda, oʻz zimmasiga masʼuliyatni olishi mumkinligi aʼlo holatdir. Bizda juda inoq, doʻstona muhit, shuning uchun biron-bir xodimning tasodifan xatoga yoʻl qoʻygan xolatida, unga xatoni tuzatishga imkon berishadi. Shu sababli bizda hech kim xatolari ustida ishlashdan qoʻrqmaydi. Eng muximi esa, har bir xodimning maqsadi REDTAG nig umumiy maqsadiga mos keladi.

Har bir yangi doʻkonning ochilishi men uchun ajoyib voqea boʻlgan, ularning soni xozirda sakkiztaga yetdi. Men REDTAG soʻzini eshitsam, koʻz oldimda yangi doʻkonning ochilishiga tayyorgarlik jarayoni, uyqusiz tunlar, jamoamizning ruhi koʻz oldimda gavdalanganida – oʻsha zaxotiyoq yuzimda kulgu paydo boʻladi. Doʻkonlarning ochilish marosimlari ichida menga REDTAG-Integro marketining ochilish marosimi xotiramda yorqin iz qoldirgan, unda barcha xodimlar xaridorlar oldida fleshmob raqsini ijro etishgan edi. Shuningdek, men REDTAG homiy boʻlgan va “Istiklol” saroyida boʻlib oʻtgan “Mening Toshkentim” myuzikli tomoshasining aktyorlari bilan oʻtkazgan intervyu suxbatimni xam mamnuniyat bilan eslayman. Shuningdek, men koʻplab odamlarning ishtirokida oʻtgan turli-tuman aksiyalarning oʻtkazilishida ishtirok etganman, ular ajoyib oʻtgan edi.

Men xizmat lavozimlari pillapoyalaridan ancha tez koʻtarilib borganman, 2016 yilda menga REDTAG – Aeroport doʻkoniga rahbarlik qilish ishonib topshirilgan, bu yerda men sotuvlar rejasining bajarilishi, brend standartlariga rioya qilish, jamoaga rahbarlik qilish va uni rivojlantirish, bozorni va raqobatchilarni tahlil qilish uchun masʼul boʻlganman. Bundan tashqari, men butun tarmoq uchun treninglarni oʻtkazganman. Oʻylaymanki, ayol rahbarlik lavozimi uchun toʻgʻri kelmaydi, degan fikr oʻtmishning eskilik sarqiti, yoki muvaffaqiyatsiz erkaklarning fikridir. Shubxasiz, ayol biznesda ajoyib rahbar boʻlishi mumkin, axir unda oʻzining tabiyati bilan bogʻliq boʻlgan ijobiy fazilatlari ham mujassam. Goʻzallikka intiluvchi ayollar jamoani oila kabi barpo etadi, ular uchun jamoaning jipslashgan, yaxshi ragʻbatlantirilgan boʻlishi juda muhimdir, ular individual yondashuvga koʻproq kuch bagʻishlab, har bir xodimning qalbiga yoʻl topa olishadi. Bu esa jamoaning saviyasi va inoqligiga bevosita bogʻliq boʻlgan yuksak natijalarga erishishda yordam beradi. Koʻpincha aynan ayol kishi rahbarlik qilgan doʻkonlar yoki boʻlimlar qolganlarga nisbatan yuqoriroq natijalarini namoyon qiladi.

Men, shuningdek, Inspeksiya boʻlimida faoliyat yuritib ulgurdim, u Anglesey Food biznesining turli yoʻnalishlarida - korzinka.uz, REDTAG, CityTaxi ning biznes-jarayonlarning auditini va qatʼiy standartlarini nazorat qilishni amalga oshiradi. Bu mening oʻzim uchun boʻlgan chaqiriq boʻlib, men uni mamnuniyat bilan qabul qildim. Yaqin vaqtdan boshlab men oʻz malakamni oshirish va yanada rivojlanish maqsadida bizning korporativ trening markazimizga murabbiy lavozimiga ishga oʻttim va oʻzimning toʻplagan malakamni xamkasblarim bilan boʻlishish yoqimlidir.

Hozirgi paytda kelajagim xaqidagi aniq rejalarim yoʻq. Eng asosiysi, men kelajagimni aynan shu Kompaniyada koʻraman. Men erishganimga qanoat qilmay, faqat oldinga harakatlanishni istayman. Hozirning oʻzidayoq ishimda erishgan yutuqlarni olamshumul deb bilaman, ammo mening uzoq kelajakdagi rejalarimga Anglesey Food bilan birgalikdagi rivojlanish, oʻqib-oʻrganish, xizmat vazifalarini kengaytirish va maksimal foyda keltirish kiradi.