Birinchi marta 2013 yilda korzinka.uz do'koniga borgan edim. Meni diqqatimni jalb qilgan birinchi narsa - bu benuqson tozalik, mahsulotlarning chiroyli taxlanganligi va samimiy xodimlar. Aynan o'sha kuni miyamda ushbu kompaniyada ishlash istagi tugildi. Va nazorat xizmati inspektori bilan suhbatni muvaffaqiyatli otkazib, "Sergeli" supermarketiga ishga tushdim. Esimda, meni juda yaxshi kutib olishgan, bizda samimiy jamoa va malakali rahbar - smena boshlig'i bor edi. Avvaliga do'konning ichki tartibini, xavfsizlik xizmatining ornatilgan jarayonlarini o'rganish qiyin kechdi, ammo ko'p o'tmay, bu amaliyot ishi ekanligi ayon bo'ldi. Hamkasblarim menga katta supermarketning ichki tuzilishini, do'konning xavfsizligini qanday ta'minlashni o'rganishga yordam berishdi, men ham odamlarni yaxshiroq tushuna boshladim.

Bir yil o'tgach, do'konning xavfsizlik xizmati boshlig'i mening ishimni baholab, meni smena boshligi lavozimiga tayinlashdi. Men yaxshi tayyorgarlik ko'rdim, sinovdan  va og'zaki suhbatdan muvaffaqiyatli o'tdim. Shundan song   meni darrov smena boshlig'i etib tayinlashdi. Mening kareyeram  tez o'sdi. Tez orada menga "Rakat" supermarketida nazorat xizmatini boshqarishni taklif qilishdi. Bu meni kuchli  ilhomlantirdi va men bor kuchim  bilan ishlashga harakat qildim. Tez orada ular menga yana bir muhim blokni ishonib topshirishdi. Men Farg'ona vodiysi va Buxoro viloyatida yangi do'konlar ochish bilan shug'ullana boshladim.

Bir kuni menga yangi do'konlar ishini tashkil etishda yordam berish uchun Farg'ona vodiysi va Buxoro viloyatiga uzoq xizmat safariga borishni topshirishdi. Ishimning ushbu davri men uchun yaxshi hayotiy tajriba bo'lib xizmat qildi, men o'zim uchun notanish ish sharoitlariga ko'nikdim va joylarda nazorat xizmatining ishini tashkil etishga va yangi kelganlarni o'qitishga yordam berdim. Qaytib kelganimdan song ko'p o'tmay, menga yangi Hududlardagi nazorat xizmati koordinatori lavozimiga  o'tishni taklif qilishdi. Bu men uchun kutilmagan va hayajonli hodisa  edi.

Men shunday do'stona, ilg'or va yaxlit jamoada ishlayotganimdan juda xursandman va g'ururlanaman va menga bildirilgan ishonchni chin dildan oqlashga harakat qilaman. Men erishganlarim bilan to'xtab qolmayman va yaqin kelajakda OTMda sirtqi ta'lim olishni rejalashtirmoqdaman va bu borada kompaniya menga yordam berishini bilaman.