Men DP “AngleseyFood” Korzinka.uz Rakat marketiga ishga kirganimda 18 yoshda edim. Bu kun kechagidek esimda. Men sabzavotlar boʻlimida sotuvchi sifatida ish boshladim. 2011 dan 2013 yilgacha men Korzinka.uz Rakat marketining barcha boʻlimlarida ishladim. Men ilojsiz narsani bajarishga intildim. Keyinroq meni katta sotuvchi lavozimiga koʻtarishdi. Men erishgan yutuqlarim bilan cheklanmadim. Yosh boʻlsamda mening ulkan maqsadlarim va orzularim bor edi.

Mening intilishlarim eʼtiborsiz qolmadi.

Bir kuni menedjerim qoʻngʻiroq qilib meni yangi yutugʻim bilan tabrikladi. Meni Korzinka.uz Rakat marketining supervayzeri etib tayinlashdi . Men u vaqtdagi quvonchimni ifoda eta olmayman. Bu juda kutilmagan va yoqimli edi. Men bunday quvonchli yangilikni tezroq onamga aytgim kelib, unga qoʻngʻiroq qildim. Onam xursandligidan yigʻlab yubordi. Men endigina 20 yoshda boʻlsamda, men hamkasblarim ichida eng yosh supervayzer boʻldim.

Hatto supermarketlar tarixida ham 20 yoshli supervayzer boʻlmagan ekan. Bu davr ichida men koʻplab qiziqarli insonlar bilan birga ishlashga muvaffaq boʻldim, ular oʻzlari bilmagan holda mening ustozlarimga aylandilar. Men ulardan koʻp narsani oʻrgandim va ulardan ibrai oldim. Men koʻp narsani oʻrgandim va menda oʻzimga ishonch hosil boʻldi. Ular menga biznasni toʻgʻri boshqarishni, halol boʻlishni hamda ishda va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishish sirlarini oʻrgatdilar. Buning uchun men ulardan minnatdorman!

Korzinka.uz da ishlash davomida men tajribaga ega boʻldim, katta oilaning aʼzosiga aylandim. Men ishlash bilan birga OOʻYu kirib, bakalavr diplomini qoʻlga kiritdim. Men bu guruhga kelganimdan bir marta ham afsuslanmadim. Kompaniya men uchun hayotimda ulgʻayishda tramplin boʻlib xizmat qildi. Men bu yerda kuchli maktabni oʻtadim va koʻp narsa oʻrgandim.

2018 yil may oyida meni Korzinka.uz Al-Xorazmiy marketining menedjeri etib tayinlashdi. Men bugungi kunda guruhim bilan birga taraqqiy etib boryapman. Erishgan yutuqlarim mening ulkan omadli tadbirkorlik yoʻlimning boshlanishi. Bu hali men uchun chegara emasligini bilaman. Men yanada oldinga intilaman va DP “Anglesey Food” tizimida yangi muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritaman!