Men oʻz mehnat faoliyatimni ilk bor “Anglesey Food” SHKdagi REDTAG Samarqand Darvoza doʻkonida kassir lavozimida boshladim. Ish muhiti meni shunchalik qiziqtirib qoʻydiki, men tez orada bu joy aynan men uchu moʻljallangan joy ekanligini anglab yetdim!
Kassir lavozimida ishlagan holda men har kuni oʻzimda yangi fazilatlarni ochib borar edim. Men xotirjamlik va vazminlik saqlagan holda har qanday nizoli vaziyatdan osonlik bilan chiqib ketar edim.
Ayrim vaqt oʻtgach, men REDTAG Sayram doʻkonida ishlashga muvaffaq boʻldim. Jamoamiz ajoyib, xushchaqchaq va quvnoq hamkasblarim har qanday masalalarda yordam berishga doim tayyor edi. Yangi ish joyida meni katta kassir faoliyati juda qiziqtirib qoʻydi va men uni hech bir mubolagʻasiz savollarim bilan tinch qoʻymas edim. Meni katta kassir ishining barcha jihatlari qiziqtirar edi. Birinchi navbatda, ushbu lavozim katta masʼuliyat va eʼtiborni talab etib, unda hech bir tafsilot eʼtiborsiz qolmasligi lozim. Men murabbiyim tajribasini oʻrgangan holda oʻz ustimda ishlay boshladim va barchasiga erishdim.
Tez orada men REDTAG Salom doʻkonida katta kassir etib tayinlandim. Ushbu lavozimda men nazariy koʻnikmalarimni har kuni amaliyotda qoʻllay boshladim.
Men oʻzgarishlarga doim tayyor va mamnun edim, ushbu oʻzgarishlar mening holatimda ish joyining almashishi va xizmat safarlari boʻldi. Aynan shu munosabat bilan men FLO SAIRAM, FLO BUKHARA, FLO SAMARKAND ochilishiga jalb etildim – yangi doʻkonning ochilishi katta mehnat hisoblanadi, shunga qaramasdan men har gal koʻp ijobiy hissiyotlar va oʻz natijalarimdan toʻliq qanoat hosil qilar edim.
Oxirgi xizmat safaridan qaytganimda meni bir qator ijobiy oʻzgarishlar kutar edi. Men FLO Sayram doʻkoniga ushbu doʻkon Supervayzeri lavozimiga oʻtdim.
Hamkasblarim aytishicha, mendagi qunt-matonat va oʻzimga boʻlgan ishonch sharofati bilan men osonlik bilan muvaffaqiyatga erishaman. Biroq, fikrimcha, muvaffaqiyatim siri shundaki, men oʻz oldimga aniq maqsad qoʻyib, unga erishish uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshiraman.