Bundan roppa-rosa 10 yil oldin, 2011-yil 18-iyun kuni "Qoratosh" do'koni Toshkentning eng gavjum ko'chalaridan birida o'z eshiklarini ochgan edi. Shu vaqt ichida u ko'plab iste'molchilar ishonchini qozonishga muvaffaq bo'ldi. Qisqa vaqt ichida biz ushbu do'konni bezashda tozalik, qulaylik va texnologiyalar bilan hamnafas bo'ldik. Va bugun yangilangan do'konimizning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Ishonamizki, yangi Qoratoshda xarid qilish aziz xaridorlarimiz uchun yangi qulayliklar va dizayndan zavqlanishga imkon beradi, do'kon xodimlari uchun esa u yerda ishlash cheksiz ijobiy his-tuyg'ular baxsh etadi!