EMBRAS dagi gʻalabalar
 Siz bilan quvonchli voqeani baham ko'ramiz!

2021-yil 15-yanvarda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida har yilgi Xalqaro ish beruvchilar brendi Sammiti - EMBRAS, shuningdek eng yaxshi ish beruvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
 Kompaniyamiz birdaniga ikkita mukofotga sazovor bo'ldi: InTouch aloqa platformasi loyihasi bilan "Ochiq muloqot" nominatsiyasida ikkinchi o'rin va iSpring onlayn ta'lim platformasi loyihasi bilan "Iste'dodlarni rivojlantirish" nominatsiyasida birinchi o'rinni qoʻlga kiritdi.

EMPLOYER BRAND AWARD  mukofoti - bu MDH, Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi ish beruvchilarning ob'ektiv reytingi boʻlib, unda bizning kompaniyamiz birinchi marta ishtirok etmoqda.
korzinka.uz yana bir bor iste'dodlarni rivojlantirish, ichki aloqa tizimlarini yaratish va xodimlar bilan qayta aloqa qilish tizimini yaratish orqali xodimlar bilan ishlashning yuqori standartlariga rioya qilishini tasdiqladi.

Jamoani ish beruvchi brendi sohasidagi yana bir yutug'i bilan tabriklaymiz!