Biz uyda qolishga majbur bo‘layotgan  ushbu murakkab paytda oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti masalasi birinchi o‘ringa chiqadi, chunki nafaqat moliyaviy qiyinchiliklar, balki transport bilan, va umuman olganda, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari uchun uydan chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Bizga ayrim oilalar juda og‘ir ahvolda ekanligi ham ma’lum.
Shu sababli, kompaniya rahbariyati tomonidan supermarketlarimiz joylashgan mahallalarda yashovchi nafaqaxo‘rlar va imkoniyati cheklangan kishilarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Eng qisqa muddatlarda har bir oila uchun oziq-ovqat mahsulotlari solingan 1000 dan ortiq qutilarni tayyorlash ishlari boshlandi. Ushbu ishlar kechayu-kunduz amalga oshirilmoqda. RS xodimlari va ko‘ngillilar ushbu oziq-ovqat mahsulotlarini imkon qadar tezroq to‘plash va o‘z manziliga yetkazib berish ustida ish olib bormoqda.