Bunaqasi 25 yilda bir marta sodir bo'ladi!

2022-yil 10-yanvarda biz Korzinkaning 25 yilligini nishonladik va siz bilan eng yorqin daqiqalarni ulashmoqchimiz!
Keng ko'lamli va samimiy voqea bo'ldi! Biz barchasini yuqori saviyada qilishga harakat qilgan tashkilotchilar jamoasiga va albatta bu kunni unutilmas bayramga aylantirgan katta xodimlar oilamizga minnatdorchilik bildiramiz. Umid qilamizki, har birimizning qalbimizda ushbu kun  eng yaxshi tuyg'ulari va yoqimli xotiralari bo'lib qoladi.

Bilasizmi, Korzinkaning har bir xodimi bizning umumiy ishimizga o'ziga xos hissa qo'shadigan ajoyib insondir. Har bir insonning qobiliyati va ishtiroki tufayli biz noyob madaniyatni, nafaqat mehnatkash, balki juda qiziqarli jamoani yaratdik!