Biz kompaniyamiz xodimlari salomatligiga alohida e'tibor beramiz. Ishonchimiz komilki, hozirda koronavirus infeksiyasi tarqalishini toʻxtatish, shuningdek, kasallikning ogʻir kechish xavfini kamaytirishning yagona haqiqiy yechimi bu — vaksinadir.

Shu bois Korzinka O‘zbekistonda birinchi bo‘lib xodimlarni ommaviy markazlashtirilgan emlashni yo‘lga qo‘ygan kam sonli xususiy kompaniyalardan biriga aylandi. Emlashning afzalliklari haqida faol ma'rifiy ishlar bilan bir qatorda, biz emlanganlarni qo'llab-quvvatlash uchun o'tgan yilning oxirida "Emlanish uchun bonus" lotereyasini boshladik. Unda do'konlar, tarqatish markazlari va texnik xizmatlarning barcha emlangan xodimlari ishtirok etishi mumkin edi. 

Korzinkaning 25 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirida tasodifiy raqamlar generatori 30 ta lotereya g'olibini tanladi. Bosh sovrin – Chevrolet Spark avtomobili xo‘jalik boshqarmasi haydovchisi Fathulla Xaydullaevichga nasib etdi. Qolgan 29 nafar g‘oliblar orasidan flagman telefonlar, smart televizorlar, noutbuklar va boshqa qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etdik.

Vaksinani ixtiyoriy ravishda olgan barcha Korzinka xodimlariga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. Darhaqiqat, ularning barchasi g'oliblar, chunki ular nafaqat o'zlarini, balki hamkasblarini, yaqinlarini va, albatta, sevimli mijozlarimizni ham himoya qilib, vijdonan birinchilardan bo'lib emlanganlar.

Xo'jalik bo‘limining haydovchisi Fathullo aka bilan lotereya taassurotlari va sovrini haqida qisqacha suhbatlashdik. U kompaniya rahbariyati va barcha xodimlarga minnatdorchilik bildirdi. Yaqinda barcha rasmiylashitirsh hujjatlari tayyor bo‘ldi va Fatxullo aka nihoyat o‘zining yangi “Spark”ida uyiga ketdi. Ro'yxatga olish bilan bog'liq barcha xarajatlarni kompaniya o'z zimmasiga oldi. Qolgan 29 ta sovrinni ham o'z egalariga tantanalik ravishda topshirdik.

Sizga asosiy g'olibimiz bilan videoni tomosha qilishni va uning his-tuyg'ularini his qilishni taklif qilamiz.