Bizni Korzinkada ikki narsa birlashtirib turadi — ishimizga bo‘lgan otashin ishtiyoq hamda o‘zbegim oshxonasiga bo‘lgan samimiy muhabbat! Milliy oshxonamiz — bu, avvalo bizni birlashtirib turuvchi hamda o‘zgacha tarannum etuvchi urf-odatlarimiz demak.
Korzinka — bu, katta oila, uning a'zolari esa "o‘xshagan ish" bajarish umumiy maqsadi yo‘lida birlashtirilgan. Shu sababli ham biz ishimizni — taom tayyorlash, qadriyatlarimizni esa masalliqlarga qiyosladik. Va shu asosda barcha xodimlarimizni o‘qitish, ularni birlashtirish bo‘yicha katta loyiha ishlarini dasturlashtirdik. Korzinka qadriyatlari: mijozlar ta'bini topish, shaffoflik, yangilikka intilish, dahldorlik, ilg‘orlikni esa taomlar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tasvirlar ko‘rinishida taqdim qildik.
12 hafta davomida bir necha ming xodimlarimiz o‘yin shaklida Korzinkaning asosiy qadriyatlari bilan tanishib, chuqur o‘zlashtirdilar. Loyiha doirasida biz o‘nlab qiziqarli tanlov hamda viktorinalar o‘tkazdik, kompaniya mutaxassislari tomonidan ma'ruzalar tayyorlab, ular bilan bo‘lishdik, turli darajali vazifa va testlardan o‘tishni taklif qildik. Ishtirokchilarimiz ballar to‘pladilar, ular ichidan eng faollari esa korzinka kartalariga bonuslar bilan rag‘batlantirildilar.
Amalga oshirilgan barcha tadbirlarimiz bizni yanada yaqinlashishimizga yordam berdi, axir har bir xodim nafaqat boshqa bo‘limdagi, balki viloyatlardagi hamkasblari bilan ko‘rishish, yaqindan tanishib, suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar! 
Bunday faollik va ishtiyoqni chetda jimgina kuzatish, eng yorqin ishtirokchilarni esa rag‘batlantirmaslikning imkoni yo‘q edi! Asosiy sovrinimiz — avtomobilni biz taqdirlash marosimida go‘libimiz — Keles do‘koni sotuvchisi, Mashrabov Dilshodga tantanali ravishda topshirdik. U loyiha doirasidagi eng faol ishtirokchi deb topildi. TOP 30 talikka kirgan ishtirokchilar esa qimmatbaho sovg‘alar — elektrosamokat, smartfon, televizor, noutbuk, shuningdek "O‘xshagan ish" loyiha belgisi tushirilgan to‘plamlar bilan taqdirlandilar. Har bir xodim o‘z mehnatiga yarasha rag‘batlantirildi!

Korzinka qadriyatlari to‘g‘risidagi videolavhamizni tomosha qiling