Mening birinchi ish kunim, suhbatdan muvaffaqiyatli o’tishim bilanoq, ”Turkman”(Turkmenskiy) do'konida boshlangan. Meni u yerga ombor ishlarini o`rganish uchun yuborishdi. O`shanda men katta supermarketning "ichki dunyosini" ko'rdim, bu qanchalik murakkab va ko'p qirrali ish ekanligidan xursand bo'ldim. Boshida qabul qilish jarayoniga yordam berdim. Do'kon menejeri menga birinchi vazifani ishonib topshirdi, men uni oxiriga yetkazganimda, bu a`lo darajada bajarilgan deb baholandi! Bu mening birinchi muvaffaqiyatim edi.

Savdoda tajribam borligini bilib, menejer meni tovarshunos etib tayinladi. Shunday qilib, birinchi, mustahkam qadam qo`yildi! Keyin haqiqiy martaba o`sishi boshlandi! Men barcha uchastkalarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqdim, do'kon ishining eng asosiy jarayonlarini iloji boricha o'zlashtirishga harakat qildim, chin dildan  jamoaga qo'shildim va uning har bir a'zosini yaxshi bilardim. Bunda ustozlarimning roli katta edi. Tez orada mening harakatlarim muvaffaqiyat bilan yakunlandi va menga do'kon menejeri sifatida ishlab ko’rishni taklif qilishdi.

Menga birinchi marta ishonib topshirilgan do'kon "Rajabiy" edi. Men bir nechta do'konlarda ishlash tajribasiga ega bo’ldim, jumladan bizning yetakchimiz - "Turkman"(Turkmenskiy) do’konida. "Qoratosh" do`konida, keyinchalik biznesga katta foyda keltirgan, ko'plab g'oyalarni amalga oshirish imkoniyati bo`ldi. 2013- yilda “Yunusobod” supermarketining ochilishida qatnashish baxtiga muyassar bo'ldim. Shuningdek, moliyaviy bo’limda ham tajriba orttirdim, u yerda ko'p narsalarni o'rgandim.

2020- yil men uchun oson bo'lmadi. COVID-19 pandemiyasi avj olgan paytda men kasallandim. Mamlakatda ahvol murakkab edi, hamma joy berk, kasalxonalar to`la, tez yordam mashinalari ,bir kesa, bir kelmas edi. Shunda kompaniyam menga katta yordam berdi. Kasal ekanligimni bilib, rahbariyat kasalxonaga yotqizishni tashkil qildi va davolanishimga  ko`mak berdi.

Mehnat faoliyatim davomida turli xil odamlardan “agar "tanishing” bo'lmasa, martabangning kelajagi yo'q" qabilidagi ko'plab hikoyalarni eshitganman. Mening javobim esa shunday: men korzinka.uz da ishlayotganimda hech qachon tanish-bilishchilik va arzandachilikni uchratmadim! Menga har doim va hamma joyda bir xil munosabatda bo`lishgan. Va men ushbu qoidani bo'ysunuvchilar bilan ishlashda ham qo'lladim. Har doim o`z  xizmatiga yarasha! Mening hikoyam buning yorqin tasdig'idir.

Bugun men mehnat yo`lim davomida doimiy qo'llab-quvvatlab kelgan o`zimning kichik jamoamga va minglab sonli barcha jamoaga minnatdorchilik bildiraman va shuncha yildan beri men ajoyib va ​​professional korzinka.uz jamoasi tarkibida ekanligimdan faxrlanaman.

Ishingizni seving, va u sizga javob qaytaradi!