korzinka.uz kompaniyaning barcha xodimlari uchun iSpring Learn masofaviy taʼlim tizimini ishga tushirdi. iSpring Learn onlayn xizmati xodim oʻquv jarayonini har tomonlama boshqarish uchun moʻljallangan va barcha mavjud oʻquv faoliyatini rejalashtirish imkonini beradi, qatnab oʻqiladigan treninglar, onlayn kurslar, mahorat darslari va boshqalar shular jumlasidandir. Xizmat masofadan oʻqish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, keng statistik maʼlumotlarni toʻplaydi va oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajalarini kuzatib boradi.

Uning yordamida kompaniya quyidagi jarayonlarni takomillashtirishni koʻzda tutadi:

  • Yangi ishga kelganlarning moslashishi,
  • Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash,
  • Oʻquv unumdorligini oshirish,
  • Kadrlar zaxirasini saqlash.

Tayyor kurslar har qanday ekran hajmiga moslashtiriladi. Ular kompyuter, planshet va telefondan oʻtish uchun qulay. Endi xodimlarimiz treninglardan osongina oʻtishlari, video maʼruzalarni tomosha qilishlari, kitob oʻqishlari, istalgan qulay vaqtda - uyda, yoʻlda yoki ishdagi tanaffuslarda soʻrovlarda ishtirok etishlari mumkin. Va bularning barchasi hatto oflayn rejimida ham har kuni 24 soat davomida ishlaydi.