2022-yil 29-may kuni Zaamin Ultra xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi. Marafon dengiz sathidan 2500 metr balandlikda, O‘zbekistonning eng manzarali bog‘laridan birida o‘tkazildi. Marafon doirasida Korzinka tadbir hamkori sifatida ishtirok etdi hamda qatnashchilarni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan ta'minladi. Ovqatlanish nuqtalarida Korzinka ko‘ngillilardan tuzilgan jamoasi ishtirokchilarni nog‘ora-yu doiralar sadosi ostida qo‘llab-quvvatladilar, quvnoq va ruhlantiruvchi lozunglar esa ishtirokchilarni bo‘sh kelmaslikka va marraga tezroq yetib olishga chorladilar.
#teamkorzinka jamoamizdan yugurishda 25 nafar xodimlarimiz ishtirok etdilar. Ular orasida top-menejerdan tortib, oddiy xodimlargacha bo‘ldi. Biz ushbu marafondagi eng yorqin hamda quvnoq jamoalardan biri sifatida ajralib turdik.
Har bir ishtirokchiga mavzu doirasidagi merch to‘plam taqdim etildi, shu bilan birga ushbu 2 kunlik sarguzashtlar davomida hamma unutilmas taassurotlar sohibiga aylandi, ko‘plab go‘zal manzarali joylarning  guvohi bo‘ldilar, yoqimli hissiyotlarga to‘lib-toshdilar.
Barcha hamkasblarimizni hamda ishtirokchilarni g‘alaba bilan qutlaymiz. Sport – bizni birlashtiradi.