Men DP “AngleseyFood” ga 2014 yil, noyabr oyida kassir-stajer sifatida zamonaviy kiyimlar magazini “RedTag” ishga kirdim. Men oʻshanda 18 yoshda edim. 2014 yildan boshlab OOʻYu oʻqiyotgan xodimlarga oʻqish uchun kontrakt toʻlab berishayotganligini bilib, bu yerda yana ham ishlagib keldi. Baxtga qarshi topshirgan imtihonlarim natijasi yaxshi emas edi, lekin men savdo sohasida ishlashni va OOʻYu kirib oʻqish va oliy maʼlumotga ega boʻlishni rejalashtirgan edim.

Men guruhga qoʻshilgach, savdo sohasida ishlab, oʻsa boshladim. Menga doim savdo zalida boʻlib, xaridorlarga maslahat berish va ularga yaxshi xizmat koʻrsatib, ularni yana magazinga kelishlariga erishish qiziq edi. hamda

Maʼlum vaqt oʻtganidan soʻng meni katta kassirning yordamchisi lavozimiga, 5 oydan keyin esa boshqa filialga katta kassir lavozimiga oʻtkazishdi. Yaqinlarim va doʻstlarim mening qisqa vaqft ichida oʻsib, yangi lavozimga oʻtganligimga hayron boʻlishgani esimda. Men koʻproq gumanitar fanlar sohasini yaxshi uoʻrganligim sababli tufayli matematika men uchun murakkab edi. Menga katta kassir ustozlik qilganligi tufayli, men oʻz ishiga muxabbat bilan yondashilsa qiyin vazifalarni ham oson bajarish mumkinligini tushundim.

Katta kassir sifatida ayniqsa, bayram arafasidagi savdo kunlarida stresslarga chidamli boʻlish lozim. Kassirlarni oʻz vaqtida yangiliklardan xabardor qilib turish, har kuni kassa bogʻlanmalarini kanselyariya maxsulotlari bilan taʼminlab turish, texnika asbolarining yaxshi ishlashini taʼminlash, nizoli vaziyatlarni hal etish, pul mablagʻlari hisobini xatosiz olib borish kabi narsalar vazifalarni oʻz vaqtida bajarish talab etiladi. Men bunday vazifalarni aʼlo darajada bajara oldim.

Kompaniyada oʻtayotgan har bir kun men uchun qiziq. Masalan, katta kassir lavozimida menga aksiyalar toʻgʻrisida qiziqarli eʼlonlarni tuzish va “Korzinki” va “RedTag mikrofoni orqali xaridorlarni bayram bilan tabriklash yoqar edi. Menga yana ota-onalari bilan bitiruv kechasi uchun chiroyli kiyimlarni qiziqib tanlayotgan bolalarni suratga olish qiziq edi. Baʼzan marketing xizmati men suratga olgan rasmlarni ijtimoiy tizimlarga ham qoʻygan edilar. Men DP «Anglesey Food” kompaniyasisga kelgunimgacha qanday kasbni tanlashni aniq bilmas edim. Kino aktrisasi boʻlish, OAV ishlashni va hatto davlat xavfsizligi xizmati sohalarida ishlamoqchi edim. Shuning uchun men bu vaqt ichida UzbekistanToday, Kinopro.uz, Malina.uz, Fond Forum, UN Uzbekistan kabt tashkilotlarda va hatto umumiy ovqatlanish muassasasida ham tshlashga ulgurdim. Kundalik ingridiyentlarni sotib olish, butun kafe faoliyatini nazorat qilish, guruhni qoʻllab-quvvatlash kabi vazifalarni bajarganim uchun men guruhda ishlash koʻnikmalariga ega boʻldim.

Men personal bilan ishlash xizmatiga qanday kirib keldim?

«RedTag»da bir nechta yaxshi kadrlarni suratga tushirganimdan soʻng, meni marketing boʻlimiga suxbatga taklif etishdi. Marketing kommunikatsiyalari boʻlimi menedjeri bilan boʻlgan suxbatda mening oldimda turgan vazifalarni va nima bilan ishlashni tushuntirdilar. Bir-ikki kundan keyin esa meni personal bilan ishlash boʻyicha boʻlim rahbari bilan suxbatga taklif etdilar. Suxbatimiz samimiy va qiziq boʻldi. Boʻlajak rahbarimning qarashlarini esimda: u uzoq tikilib savollar berdi. Bu savollarga qatʼiy javob berish zarur edi.

Men 2015 yil avgustda goda, suxbatdan bir hafta oʻtganidan soʻng personal bilan ishlash xizmati boʻlimiga oʻtkazildim.

Mana, uch yildirki, men nazorat inspeksiyasi boʻlimida ishlayman. Bu vaqtda mening oldimda koʻplab murakkab va qiziq vazifalar turar edi. Bugungi kunda men ishonch bilan menga yuklatilgan faoliyatim doirasida har qanday vazifanigina emas, boshqalarini ham bajara olaman.

Mening vazifam rahbarimni qoʻllab-quvvatlash, zarur amaliyot va protseduralarni oʻz vaqtida tizimga joriy etish, boʻlim faoliyati toʻgʻrisida hisobot berib borish va tizim boʻyicha audimtarni oʻtkazishdan iborat.

Bugungi kunda guruhimiz 6 kishidan iborat va biz tobora oʻsib boryapmiz. Men 5 nafardan koʻproq mutaxassislarga ustoz boʻlganimdan faxrlanaman. Yoshligimdan xarakterimga singdirilgan muloqotga intilish, tashabbuskorlik xususiyatlari menga ishimda yaxshi natijalarga erishishimga yordam beradi.

Nima uchun personal bilan ishlash xizmati?

Bir necha yillik ish davrida men Oʻquv markazi, xodimlarni tanlash va qabul qilish boʻlimi faoliyatida ishtirok etish va kompaniyamiz turli xizmatlarining qiziqarli loyihalarida qaktnashishga erishdim.

Siz uchun qiziq va sevimli boʻlgan ish – katta baxt. Shu sababli oʻzimni omadli, deb hisoblayman.

Men avgustning boshida Kamoliddin Bexzod nomli milliy badiiy dizayn institutining oʻzim qiziqqan Muzey pedagogikasi fakultetiga oʻqishga kirdim. , na interesnыy, Men oldimga oliy maʼlumotga ega boʻlishngi maqsad qilib qoʻydim. Kompaniya mening bu intilishimni qoʻllab-quvvatlashiag men aniq ishonam an.

Men barchaga oʻz mehnat faoliyati yoʻlini “AngleseyFood” bilan boshlashni taklif etaman. Bu yerda ulkan maqsadlar va vazifalar mavjud. Bu vazifalar daʼvatlardan va qiyinchiliklardan qoʻrqmaydiganlar uchun!