Xalqaro sifat va oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga muvofiqligini sertifikatlashtirish supermarketlarimiz ishiga mutlaqo yangi yondashuvni taqdim etdi va iste'molchilarning sotilayotgan mahsulotlar va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatiga bo'lgan talablarini qondirishga imkon berdi.
 2 yil oldin bizning kompaniyamiz xalqaro sertifikatlashtirish organi SGS (Shveytsariya) tomonidan ISO 9001 va ISO 22000 xalqaro standartlariga muvofiqligi sertifikatiga ega boʻldi. Har yili savdo tarmog'i ushbu muvofiqlikni oʻtkaziladigan tekshiruvlar doirasida tasdiqlaydi.

 Bugun korzinka.uz-Turkman supermarketida "O'zstandart" agentligi va SGS kompaniyasi ko'magida yetakchi ommaviy axborot vositalari hamda hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda media-tur tashkil etildi.

Ushbu kunda biz ham Sifat bo'limi xodimlarini tabriklaymiz va ulardan minnatdormiz.  Axir, ularning sa'y-harakatlari, professionalligi, talabchanligi va ayrim vaqtlardagi printsipiallik jihatlari sabab bizning rastalarimizdagi mahsulotlar va ularni sotish jarayoni standartlarning barcha talablariga javob beradi, biz esa kompaniya sifatida yuqori xalqaro standartlarga muvofiqlikni saqlaymiz.