2021-yil 18-sentyabrda xodimlar uchun yangi korporativ dastur - Keephub ochilishiga bagʻishlangan korzinka.uz Ambassadorlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bosh ofisga deyarli barcha, shu jumladan viloyatlardagi korzinka.uz do'konlari vakillari kelishdi. Yigit-qizlar uchun boy dastur tashkil etildi: ular bir nechta mavzuli treninglar, velkom-suvenirlar tayyorlandi, eng faollar esa qimmatbaho sovg'alarga ega boʻldilar. Bizning ichki kommunikatsiyalar boʻyicha menejerimiz Maqsud Ermetov yangi ilovaning afzalliklari va imkoniyatlari haqida gapirdi, ilhomlantiruvchi nashrlar yaratish va kontentni tahrirlash vositalari bilan ishlash bo'yicha mahorat darsi o'tkazdi. Suhbatlashdik, muammolar va birgalikdagi ishlarning yechimlarini muhokama qildik.

 Uchrashuv yakunida esa, biz shahar bo'ylab dabldekerda sayr qilib, zavqli vaqt o'tkazdik.

 HR brend-ambassadorlari juda yaxshi xodimlar bo'lishadi. Bular yordam berishdan qochmaydigan, korporativ hayot, muloqot, qo'shma loyihalarga qiziqadigan ko'ngillilar, ular bizga kompaniyaning falsafasini butun tarmog'imiz boʻylab tarqatishda yordam beradigan odamlardir.