Men ijtimoiy tarmoqlarda muloqot, marketing faolligi va PR ning ijodiy jihatlari uchun masʼulman.

Menga katta, inoq jamoaning bir qismi, katta bir ishning ishtirokchisi ekanligimni bilish yoqadi. Qoʻyilgan vazifalarni kasbiy mahorat bilan bajarishimni rahbariyat tomonidan munosib baxolanishi yoqadi.

Jamoamizdagi muloqotning yengilligi, umumiy tirishqoqlik, har bir loyiha ustida xursandchilik bilan ishlashimiz yoqadi. Bunday oʻzaro yordam koʻpincha intensiv ishlashga va charchoqlarga qaramay, yanada ilgari yurishga yordam beradi.

Men shaksiz ustozlarim deb xisoblaydigan insonlar – bu jamoamizda ishlayotgan yigitlardir. Ulardan cheksiz ochiqkoʻngillik, ijobiy energiya va yaxshilikka ishonch oqimi kelayotganda, biz bilan xamkorlik qilayotganlarning barchasi undan oziqlanadi. Bu marketing boʻlimining kundalik oʻta faol ishida muhim boʻlib, har qanday murakkablikdagi ishni, ayniqsa ishni topshirish muddati yaqinlashayotgan sharoitda oson bajarishga yordam beradi.

Men Anglesey Food da ishlay boshlaganimda, birinchi boʻlib sezgan jihatim – maʼnaviy koʻmak, kompaniya uchun ahamiyatli va kerakli ekanligim tuygʻusi boʻlgan. Bunday tuygʻular ishga aʼlo qiziqtiradi va yangi loyihalar uchun kuch baxsh etadi.

Men nihoyatda omadli insonman, chunki kompaniyaning katta loyihasida – korzinka.uz tarmogʻining 20-yilligiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etganman. Bu nixoyatda koʻp yoqimli voqealarni oʻzida mujassamlashtirgan juda qiziqarli va koʻp qatlamli loyiha boʻlib, loyixaning kulminatsion nuqtasi – bu xodimlar uchun uyushtirilgan ajoyib konsert boʻlgan.

Anglesey Food singari oilaning inoq va xaqiqatda doʻstona jamoasining aʼzosi boʻlish – men uchun katta sharaf.